9-sinf Iqtisod fanidan dars ishlanma. Firma va uning turlari

9-sinf Iqtisod fanidan dars ishlanma. Firma va uning turlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Iqtisod fanidan dars ishlanma. Firma va uning turlari - rasmi

Material tavsifi

FIRMA VA UNING TURLARI Ma'lumki, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayoni korxonalarda amalga oshiriladi. Davlat mulki asosida tashkil qilingan korxonalar - davlat korxonalari, xususiy mulk asosida tashkil qilingan korxonalar esa xususiy korxonalar deb yuritiladi. Shuningdek, davlat va xususiy mulkka asoslangan aralash turdagi korxonalar ham bo'lishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan korxona firma deb ataladi. Firma turli xil tovar va xizmatlarni foyda olish uchun ishlab chiqaradi. Firmalar, ko'pincha, xususiy mulk asosida tashkil qilinadi. Firmalar qanday mulk asosida tashkil qilinishi, kim tomonidan qanday boshqarilishi, firma foydasi qanday taqsimlanishi va firma faoliyatining natijasiga kim va qanday javob berishiga qarab turli shakllarda bo'ladi. Xususiy firmaning mulkdori yakka shaxs bo'lib, firma uning mulki va mablag'i asosida tashkil qilinadi va bevosita shu mulkdor tomonidan boshqariladi. Firma faoliyatidan olingan foyda ham, zarar ham faqat firma egasiga taalluqli. Firma egasi firma faoliyatining natijasiga to'la javobgar bo'ladi. Korxona - tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish amalga oshiriladigan xo'jalik tashkiloti. Firma - tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan korxona Xususiy firma - yakka shaxs mulki asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan firma. Buyuk olim va mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning ko'p sonli asarlarida uning iqtisodiy qarashlari o'z aksini topgan. U iqtisodiy faoliyat - mehnat, bunyodkorlik, yaratuvchanlik asosida odamning ehtiyojini qondirishga bo'lgan intilishi yotadi, deb hisoblagan. U o'zining asarlarida jismoniy mehnat bilan bir paytda aqliy mehnat ham muhim ekanligini ta'kidlaydi. Uning fikricha ish haqi mehnatning og'irligiga va unumdorligiga bog'liq bo'lishi kerak. Olimning asarlaridan mehnat taqsimotiga oid fikrlar ham joy olgan. Olim o'sha davrdayoq iqtisodiyot sohasidagi inson omilining ahamiyati haqida qimmatli fikrlarni bildirgan. Ikki va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.34 MB
Ko'rishlar soni 166 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.34 MB
Ko'rishlar soni 166 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga