8-sinf Iqtisod dars ishlanma. Iste'molchilarning huquqlari va majburiyatlari

8-sinf Iqtisod dars ishlanma. Iste'molchilarning huquqlari va majburiyatlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Iqtisod dars ishlanma. Iste'molchilarning huquqlari va majburiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Iste'molchilar huquqlari va majburiyatlari Iste'molchi Biror tovar xarid qilayotgan, shahar transporti xizmatidan foydalanayotgan, teatrga borayotgan va hokazolarni bajarayotgan odam tovarlar, xizmatlar iste'molchisi hisoblanadi. Shu tariqa, biz hammamiz - iste'molchi hisoblanamiz, chunki har kuni tovarlar xarid qilamiz hamda turli xizmatlardan foydalanamiz. Oliy Majlis tomonidan 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunida iste'molchi shunday ta'riflanadi. Iste'molchi - foyda chiqarib olish bilan bog'liq bo'lmagan holda shaxsiy iste'mol yoki xususiy xo'jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo'lgan fuqaro (jismoniy shaxs). «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonun, 1-modda. «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonun bozorni iste'molchilar, ya'ni hammamizning manfaatlarimizga bo'ysundirish maqsadida qabul qilingan. Tovar haqida axborot olish huquqi Iste'molning eng keng tarqalgan sohalaridan biri - oldi-sotdi misolida O'zbekiston Respublikasining «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunida belgilangan qoidalarning asosiy guruhlarini kо'rib chiqamiz. Kassa cheki - tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat) ning haqi to'langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat) ning bahosi, haq to'langan sana va kassa apparatining raqami ko'rsatilgan hujjat. Tovar cheki - tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat) ning haqi to'langanligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to'langan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi ma'lumot ko'rsatilgan hujjat. Qonunga muvofiq («Tovarlar to'g'risidagi ma'lumot» 6-moddasi) bu ma'lumotni sotuvchi berishi shart. - asosiy iste'mol xususiyatlari; - ishlab chiqarilgan sanasi; - ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari; - xizmat qilish (yaroqlilik) muddati; - saqlash usuli hamda qoidalari; - ta'mirlash-tuzatish ishlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko'rsatadigan korxonalarning manzillari. Tovarlar haqidagi ma'lumotlarda quyidagilar ko'rsatiladi: Sotuvchi - oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha iste'molchiga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.52 MB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.52 MB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga