FIRMA MABLAG'LARI VA XARAJATLARI Firma mablag'lari ishlatilishiga, nimalar sotib olinishiga qarab ikki turga bo'linadi. Bino va inshootlar, asbob va uskunalar sotib olishga sarflangan mablag'lar asosiy mablag'lar (asosiy kapital) deb yuritiladi. Asosiy mablag' - ishlab chiqarishda uzoq yil va ko'p marta ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish vositalarini sotib olishga mo'ljallangan mablag'. Xom ashyo, yoqilg'i, energiya, har xil materiallar sotib olishga va ishchi kuchini yollashga sarflanadigan mablag'lar aylanma mablag'lar (aylanma kapital) deb yuritiladi. Aylanma mablag' ishlab chiqarishda ishlatiladigan resurslar sotib olish uchun mo'ljallangan mablag'lardan iborat bo'ladi. Firma faoliyati uchun pul mablag'larini jalb etish biznesni moliyalashtirish deb ham ataladi. Firmaning ichki va tashqi moliyaviy mablag' manbalari bo'ladi. Ichki moliyaviy mablag' manbalari; 1. Firmaning sof foydasi 2. Amortizatsiya jamg'armasi 3. Nizom jamg'armasi Tashqi manbalarga quyidagilar kiradi; Firma egalarining firmaning ustav kapitalini ko'paytirish uchun ajratgan qo'shimcha mablag'lari 2. Bankdan yoki boshqa firmalardan olingan qarz mablag'lari Firmaning qimmatli qog'ozlar chiqarib sotishdan tushgan pul tushumlari. Firmaning ma'lum davr ichida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflagan xarajatlari umumiy xarajatlar deb yuritiladi va TC - inglizcha total costs (umumiy xarajat) so'zlarining bosh harflari bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lmagan xarajatlarga doimiy xarajatlar (inglizcha - fixed costs) deyiladi va FC harflari bilan belgilanadi. Doimiy xarajatlarga ijara haqi, qarz foizi, sug'o'rta haqi, amortizatsiya ajratmasi, ma'muriy xarajatlar kabi xarajatlar kiradi O'zgaruvchan xarajatlarga (inglizcha - variable costs) mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lgan xarajatlar kiritiladi va VC harflari bilan belgilanadi. Bu turdagi xarajatlarga xom ashyo, ish haqi, yoqilg'i, energiya manbalari, turli xil materiallarni sotib olish xarajatlari kiradi. Umumiy xarajat: TC = FC + ...

Joylangan
15 Sep 2023 | 15:59:54
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
840.11 KB
Ko'rishlar soni
253 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
15 Sep 2023 [ 15:59 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
840.11 KB
Ko'rishlar soni
253 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: pptx