Bozor iqtisodiyoti Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Bozor xo'jaliginig barcha asosiy subyektlari uchta guruhga bo'linadi: 1. Uy xo'jaliklari; 2. Korxonalar (tadbirkorlik sektori); 3. Davlat. Uy xo'jaliklari - iste'molchilar bo'lib, ular ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni iste'mol qiladilar. Ular mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beradilar, iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlarini shaxsiy ehtiyojlariga sarflaydilar. Tadbirkorlik sektori - bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo'g'ini hisoblanadi. Davlat - foyda olishni maqsad qilib qo'ygan, asosan iqtisodiyotni tartibga har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo'ladi. Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: 1. Turli shakllardagi mulkchilik va xususiy mulkning ustuvorligi; 2. Tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 3. Raqobat kurashining mavjudligi; 4. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklanganligi; 5. Korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o'zgarishlariga moslashuvchanligidir. Birinchisi, klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti bo'lib, g'arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlariga davom etgan. Uning asosiy belgilari quyidagicha bo'lgan: 1. Xususiy mulkchillikka asoslagan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; 2. Kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; 3. Tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarning shaxsiy erkinligi; 4. Tadbirkorlarning yuqori foyda olishlar uchun kurashlari; 5. Iqtisodiyotning talab va taklif, king bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; 6. Aholining ijtimoiy himoyaqilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati ham mavjud: raqobatning kuchsizlanishiga yo'l qo'yish va uni rag'batlantirish. Raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud: Birinchisi, bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan ...

Joylangan
15 Sep 2023 | 15:59:54
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
421.56 KB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
15 Sep 2023 [ 15:59 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
421.56 KB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: pptx