Firmani boshqarish-menejment Ma'lumki, har bir firma faoliyati ma'lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratiladi. Bu maqsadga erishish uchun esa firmani boshqarish lozim bo'ladi. Boshqaruv jarayoni menejment deb ham yuritiladi (inglizcha management so'zi boshqarish degan ma'noni anglatadi). Boshqaruv haqidagi fan ham menejment deb ataladi va u boshqaruv usullari, shakllari va vositalarini o'rganadi. Firmani yuritish ko'p qirrali jarayon bo'lib, uning har bir jabhasi boshqarishni talab qiladi. Masalan, ishchi-xizmatchilarni boshqarish, ishlab chiqarish vositalarini boshqarish, moddiy resurslarni boshqarish, ma'lumotlarni boshqarish, moliyaviy mablag'larni boshqarish va boshqalar. Menejment - biror ko 'zlangan maqsadga erishish usullari, shakllari, vositalari va boshqarish tamoyillarini o'rganadigan fan. Boshqaruv bevosita inson tomonidan amalga oshiriladi. Firmada ishlaydigan, maxsus boshqaruv ilmini egallagan, ish yuri tuvchi va boshqaruvchi menejer deb ataladi. Har qanday rahbar xodim yoki menejer ish vaqtining 70 - 80 foizini odamlar bilan muloqot qilishga sarflaydi. Shu bois, menejmentni tom ma'noda qo'l ostida ishlayotgan xodimlar faoliyatini o'zaro muloqot orqali boshqarish deb ham aytish mumkin Menejer oldida turgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni ketma-ket bajarishi kerak bo'ladi: 1. Rejalashtirish; 2. tashkil qilish; 3. Rahbarlik qilish; 4. Nazorat qilish. Menejer - maxsus boshqaruv ilmini egallagan ish yurituvchi yoki boshqaruvchi. Rejalashtirish bosqichida menejerlar korxona maqsadidan kelib chiqib, istiqbolli rejalar va dasturlarni ishlab chiqadilar. Rejani amalga oshirish uchun korxonaning hamma bo'limlari ishini o'zaro muvofiqlashtiradilar. Ularning ishini tashkil qiladilar, bevosita rahbarlik qilib, ishning bajarilishini nazoratga oladilar. Menejerlar xodimlarni korxona oldida turgan ma'lum maqsadga erishishiga chorlovchi va jamoani bunga otlantiruvchi, safarbar qiluvchi kishilardir. Firmani boshqarishda menejerlarning yuqori salohiyatga egaligi, iqtisodiy bilimlarni chuqur bilishi, o'zining imidjiga ega bo'lishi, ma'naviy jihatdan yetukligi, ...

Joylangan
15 Sep 2023 | 15:59:54
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
763.89 KB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
15 Sep 2023 [ 15:59 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
763.89 KB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: pptx