YALPI DAROMAD, FOYDA VA ZARAR Korxonaning yoki biror shaxsning ma'lum vaqt davomida tovar va xizmatlarini sotishdan qo'lga kiritgan jami pul tushumi - yalpi daromad deb yuritiladi va TR harflari (inglizcha total revenue (yalpi daromad) iborasining bosh harflari) bilan belgilanadi. Agar sotilgan tovar miqdori (q) va bitta tovarning o'rtacha sotuv narxi (p) ma'lum bo'lsa, yalpi daromad quyidagicha topiladi: Masalan, qandolatchilik firmasi bir oyda 800 ta tort tayyorlab, ularni 4500 so'mdan sotgan bo'lsa, firmaning oylik daromadi 3600 so'mga teng bo'ladi. Ya'ni yalpi daromad - 4500. 800=3600 so'm. Foyda - korxonaning ma'lum vaqt davomidagi yalpi daromadi bilan umumiy xarajatlari orasidagi farq bo'lib, P harfi (inglizcha profit (foyda) so'zining bosh harfi) bilan belgilanadi. Agar bu ayirma manfiy bo'lsa, u holda foyda emas, zarar haqida gapiriladi Yuqorida keltirilgan qandolatchilik firmasining o'sha oyda qilgan xarajatlari 2400 so'mga teng bo'lsa, firma bir oyda 1200 so'm foyda ko'rgan bo'ladi. Ya'ni foyda=3600 so'm - 2400 so'm=1200 so'mga teng. Yalpi daromad - tovarni sotishdan tushgan pul tushumi. Foyda - korxonaning ma'lum vaqt davomidagi yalpi daromadi bilan umumiy xarajatlari orasidagi musbat farq. Masalan, yuqoridagi firmaning keltirilgan oydagi xarajatlari 2400 so'm emas, 3900 so'm bo'lsin. U holda Yalpi daromad - Umumiy xarajat =3600 - 3900= - 300 so'mga teng manfiy natijaga ega bo'lamiz. Bu esa firma o'sha oyda 300 so'm zarar ko'rganligini anglatadi. Zarar - korxonaning ma'lum vaqt davomidagi yalpi daromadi bilan umumiy xarajatlari orasidagi manfiy farq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda firma faoliyatini baholovchi va o'lchovchi muhim iqtisodiy ko'rsatkich hisoblanadi. Tadbirkorlik bilan shug'ullanishning asosiy maqsadlaridan biri- bu foyda olish ekanligini eslatishning o'zi ...

Joylangan
15 Sep 2023 | 15:59:54
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
832.32 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
15 Sep 2023 [ 15:59 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
832.32 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: pptx