Mavzu: Fe'l nisbatlari Bajardi: Andijon viloyati Asaka tumani 37-umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyaot fani o'qituvchisi Xoliqova Mashhuraxon Fe'l nisbatlari: 5ta Bajaruvchining fe'lda ifodalangan harakat-holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini ko'rsatuvchi shakllar fe'lning nisbat shakllari deyiladi. Ular 5xil. Kiy - 0 shakl. Bajaruvchi aniq. (sen). Kiy in di - o'z ustida bajardi. Kiy il di - bajaruvchi noma'lum. Kiy giz di - bajaruvchining ta'sirida boshqa bir bajaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ya'ni bajaruvchi harakat-holatni boshqa bir bajaruvchiga o'tkazadi. Kiy ish di - bajaruvchi boshqalar bilan birgalikda bajardi. Fe'l nisbatlari: 5ta Aniq O'zlik Nisbat Majhul Orttirma Birgalik 1.Aniq nisbat. Aniq nisbat - bajaruvchi aniq ko'rinib turgan harakat-holatni ifodalab, tarkibida hech qanday nisbat qo'shimchasi bo'lmaydi. Ya'ni 0 shaklda bo'ladi. Masalan: yozdim, ko'rgan, bilgan, zavqlandi, birlashdi, yordamlashdi, ko'maklashdi 2.O'zlik nisbat O'zlik nisbat - fe'lga - (i)n, -(i)l, qo'shimchalarini qo'shish orqali hosil qilinadi va bajaruvchining o'zi ustida amalga oshirilayotgan harakat-holatni ifodalaydi. Masalan: ko'r- in -di, beza- n -di, tug'- il -moq, qiyna- l -di. O'zlik nisbatda emas zavq-lan-moq, faxr-lan-moq. 3.Majhul nisbat Majhul nisbat - bu nisbat ham fe'l asoslariga - (i)n, -(i)l, qo'shimchalarini qo'shish orqali hosil qilinadi. Ammo bunda harakat bajaruvchisi noma'lum bo'ladi. Masalan: kiy- il -di, yum- il -di, qil- in -di, beza- l -di. O'zlik va majhul nisbatlar bir xil fe'l asoslariga - (i)n, -(i)l, qo'shimchalarini qo'shish orqali hosil qilinadi. Lekin ular bajaruvchining ifodalinishi nuqtayi nazaridan farqlanadi. O'zlik nisbatda harakat-holat bajaruvchining o'zi ustida amalga oshadi. Majhul nisbatda esa bajaruvchi noma'lum bo'ladi. Qiyoslang: Tarandi ( o'zlik ) - taraldi ( majhul ) ...

Joylangan
21 Sep 2023 | 10:47:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
959.61 KB
Ko'rishlar soni
344 marta
Ko'chirishlar soni
66 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
21 Sep 2023 [ 10:47 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
959.61 KB
Ko'rishlar soni
344 marta
Ko'chirishlar soni
66 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:10 ]
Arxiv ichida: docx