DARS ISHLANMASI Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 47-umumiy o'rta ta'lim maktabining Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi KARIMOVA SHIRINning til va nutq mavzusida tayyorlagan bir soatlik Тil murakkab qurilishga molik bo'lib, dastlab uning ikki holati - lison va nutq farqlanadi. Lison - kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud til birliklaridan va ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq esa ana shu boylikdan foydalanish jarayoni va shunday jarayonning hosilasi. Lison kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud mavhum hodisa bo'lib, aql bilan idrok qilinadi; nutq esa ana shu mavhum hodisadan foydalanish jarayoni natijasida yuzaga keladigan moddiy hodisa bo'lib, uni talaffuz birliklari sifatida eshitamiz (yozuvda esa ko'ramiz). Lisonda mavjud hodisalarga lisoniy birliklar deyiladi; lisoniy birliklar-ning nutq jarayoni natijasida moddiy shakl olgan holatiga nutqiy birliklar deyiladi. Har bir kishining miyasidagi til xotirasi qismida lisoniy birliklarning va ulardan foydalanish qoidalarining ramzlari mavjud, har bir kishi ehtiyojga qarab bu ramzlardan foydalanib nutq hosil qiladi. Ayrim adabiyotlarda til bilan nutq o'zaro dixotomiya, oppozitsiya hosil etuvchi hodisalar deb qaralib, til nutq tarzida baholanadi. Aslida til bilan nutq dixotomiyasi haqida, oppozitsiyasi haqida gapirish to'g'ri emas (dixotomiya yunoncha dicha - 'ikki qismga' + tome 'ajratish'; oppozitsiya lot. oppositio - 'qarama-qarshi holatda bo'lish'), chunki til bilan nutq - butun bilan qism munosabatidagi hodisalar. Nutqqa muqobil holda ajratiladigan hodisa deb til emas, balki lison ta'kidlanishi lozim. Bu munosabatni chizmada quyidagicha ko'rsatish mumkin: Lison bilan nutq o'zaro dixotomiya hosil etadi, lekin zidlanuvchi (oppozitiv) hodisalar emas, balki asos va hosila munosabatidagi hodisalar. Bunday munosabatni lisondagi boylikdan foydalanish jarayonini ham hisobga olgan holda quyidagicha chizma bilan ...

Joylangan
21 Sep 2023 | 13:53:23
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
947.48 KB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:16
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
21 Sep 2023 [ 13:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
947.48 KB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: pptx