7-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Egalik shakllari va ularning imlosi

7-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Egalik shakllari va ularning imlosi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Egalik shakllari va ularning imlosi - rasmi

Material tavsifi

DARS ISHLANMASI Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 47-umumiy o'rta ta'lim maktabining Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi KARIMOVA SHIRINning Egalik shakllari va ularning imlosi mavzusida tayyorlagan bir soatlik Egalik shakllari va ularning imlosi. Egalik shakllari va ularning imlosi. Darsning maqsadi: Ta'limiy: - egalik shakllari va ularning imlosi yuzasidan bilim berish. Tarbiyaviy: - nutqiy go'zallikni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: - egalik shakllarini nutq vaziyatiga mos ravishda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. Egalik shakli 3 ta shaxs 2 ta formada bo'ladi. I shaxs - so'zlovchi (men , biz) Misol: Onam, onamiz; kitobim, kitobimiz. II shaxs - tinglovchi (sen, siz) Misol: Onang, onangiz; kitobing, kitobingiz. II shaxs - o'zga (u , ular) Misol: onasi , onalari; kitobi , kitoblari. Bilib oling. Ismlarga qo'shilib asos qismdan ifodalangan narsa belgi - xususiyat harakat holatlarni 3 shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo'shimchalar egalik qo'shimchalari hisoblanadi. M: mening vazifam (unli bilan tugagan). Mening sinfdoshim (undosh bilan tugagan). Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida qo'llanilgan uchinchi shaxs egalik qo'shimchasi shaxsga qarashlilik ma'nosini emas balki xoslik umumdan ajratilganlik ma'nosini ifodalaydi. M: Boburning bo'gi emas - Bobur bog'i. Muammoli savol. Ona va o'qidi so'zlariga egalik qo'shimchalarini qo'shing, ularning farqi nimada ? Quyidagi she'riy parchadan egalik qoshimchalarini ayting. Ko'zlarimga surib xokini, Tarixlarni bir-bir titurman, Afsonalar topib biturman. Gramatik topishmoq Predmetning , uch shaxsning Egasini bildirar, Birlik , ko'plik uch shaxsda Ot so'zlarga qo'shilar -im, - ing, -i qo'shimchalar Qanaqa qo'shimchalar? Qayshi holatda ular -m, -ng, -si tarzda bo'lar? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 154.41 KB
Ko'rishlar soni 252 marta
Ko'chirishlar soni 67 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:16 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 154.41 KB
Ko'rishlar soni 252 marta
Ko'chirishlar soni 67 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga