7-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Modal so'zlarning ma'no turlari

7-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Modal so'zlarning ma'no turlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Modal so'zlarning ma'no turlari - rasmi

Material tavsifi

G'UZOR TUMANI 47-MAKTABNING ONA TILI VA ADABIYOT FANI O'QITUVCHISI TURDIYEVA BARNO 7-sinf Ona tili Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa, Mening o'z tilimga ming jonim fido. Erta ona tilim agar yo'qolsa, Men bugun o'lishga bo'lurman rizo. Rasul Hamzatov Dars shiori: Go'zallik, nafosat shu tilga xosdir Mavzu:Modal so'zlar va ularning ma'no turlari Ifodalanayotgan fikrga so'zlovchining munosabatini (ishonch, gumon, achinish kabi) bildirgan so'zlarga modal so'zlar deyiladi. Modal so'zlar gap tarkibida boshqa so'zlardan vergul bilan ajratiladi. Qani modal so'zlarni aniqlaymiz. 1.Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi emas edi, shekilli, noiloj ,,ha'' dedi. 2.Afsuski, rejadagi ishlar ko'ngildagidek bajarilmadi. 3.Darhaqiqat, siz to'g'ri ish qildingiz. Modal so'zlar ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish, fikrning tartibi, xulosa kabi ma'nolarni bildiradi. Ishonch (Albatta, shaksiz) Gumon (Ehtimol, chamasi, shekilli) Modal so'zlarning ma'no turlari Quvonch (Xayriyat) Achinish ( Attang, afsus) Fikrning dalillanishi (Masalan, jumladan) Fikrning tartibi (Avvalo, avvalombor Fikrni xulosalash (Xullas,demak, umuman) Tasdiq (Darhaqiqat, haqiqatan) Modal so'zlar gap tarkibida boshida, o'rtasida, oxirida keladi. Albatta, inson mehnati bilan yuksaladi. Inson, albatta, mehnati bilan yuksaladi. Inson mehnati bilan yuksaladi, albatta. 278-mashq. Gaplarni ko'chirib, so'zlarning ma'no turlari aniqlanadi. Avvalo, insonning qalbi go'zal bo'lmog'I kerak. Afsuski, besh qo'l barobar emas. Oramizda yomon niyatli kimsalar ham uchrab turadi. 3. Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimiz, albatta. 4. Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda. 5. Xullas,biz ulug' odamlarning farzandlarimiz. 6. Qizlar jim edilar.Aravakash zerikdi, shekilli, astagina ashula boshladi. 7. Darhaqiqat, Zulfiya she'riyati mardona she'riyat. 279-mashq. Gaplarni daftarga yozib, modal so'zlarni aniqlab, ularning qanday ma'no anglatayotganiga e'tibor bering. 1.Xullas, ana shu ajriqzordan sal o'tgandan keyin qishloqcha boshlanadi. 2.Abduqodirning ham tomog'iga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.74 MB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:16 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.74 MB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga