8-sinf Ona tili dars ishlanma. Kirish suhbati. So'zdan so'zning farqi bor

8-sinf Ona tili dars ishlanma. Kirish suhbati. So'zdan so'zning farqi bor

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Ona tili dars ishlanma. Kirish suhbati. So'zdan so'zning farqi bor - rasmi

Material tavsifi

«Ona tili» 8-sinflar uchun 1-dars DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e'tiborsiz. ( A. Navoiy ) Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti. Darsning borishi: salomlashish; sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish; kirish suhbati, o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish. O'tgan mavzuni so'rash. individual - tarqatma materiallar, kartochka; frontal (guruh bilan ishlash). Yangi mavzu topshiriq.Hikmatlarni o'qing va mag'zini chaqing. Boshimizga kulfat va zahmatlarning aksari yomon tilimizdan, me'yordan ortiq so'ylaganimizdan kelur. 2. Viqor deb kibr va g'ururdan, manmanlikdan o'z fe'lini saqlamoqqa aytilur. 3. Intizom deb ibodatlarimizni, ishlarimizni o'z vaqtida tartibi ila qilmoqqa aytilur. Agar yer yuzida intizom bo'lmasa edi, insonlar bir daqiqa ham yasholmas edilar.4. Iffat deb gunoh va buzuq ishlardan saqlanmoqqa aytilur. Bizni gunohdan saqlaguvchi, harom-xarishdan nafsimizni asrovchi narsa faqat iffatimizdir. 5. Hayo deb ishda, so'zda odobda rioya qilmoqni aytilur. Hayo dilni ravshan qiladurgan bir nurdurki, inson har vaqt shul ma'naviy nurning ziyosiga muhtojdir. Abdulla Avloniy 1-mashq. Quyidagi izohlardan viqor,kibr, g'urur, gunoh, iffat, harom-xarish, hayo, odob, ma'naviy, ma'naviyat, ziyo so'zlarining ma'nosini aniqlab lug'at daftaringizga ko'chiring:1)vijdoni poklik, nomus;2) mag'rurona va ulug'vor ko'rinish, salobat;; 3)o'zini hammadan yuqori his etish;manmanlik, kekkayish hissi;4)insonning o'z qadr- qimmatini bilishi,,hurmat qilishi; izzat-nafs;5) odob- axloq doirasiga sig'maydigan ish, nojo'ya xatti-harakat;ayb;6)nopok,iste'molga yaramaydigan;7)nojo'ya, noma'qul xatti- harakatdan tiyilish hissi;uyat;sharm;8)bilim,ilm, ma'rifat; 9) axloqqa, shaxsning ichki dunyosiga oid; 10) ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya,xushmuomalalik. Savol va topshiriqlar Odobning qanday turlarini bilasiz? Odobni odobsizdan o'rganmaqolining mazmunini qanday tushunasiz? Kibr va g'ururning farqi nimada? Kibrli kishi manman bo'ladimi yoki mag'rur? Gerdayish kibrga kiradimi yoki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.94 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:22 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.94 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga