8-dars.Qo'shma gaplar tasnifi. Bilib oling. Qismlarning qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanishiga ko'ra qo'shma gaplar uch guruhga bo'linadi: 1.Bog'langan qo'shma gaplar. 2. Ergashgan qo'shma gaplar. 3.Bog'lovchisiz qo'shma gaplar. 46-mashq. Matnni o'qing, qo'shma gap qismlarini aniqlab, ularni izohlang. O'qishli kitob go'zallikdir, lekin go'zallikda ham go'zallik bor. Qorong'i kechada otilgan mushak ham go'zal, quyoshga qarab xandon tashlab turgan gul ham go'zal. Osmonda sochilib ketgan rang-barang olov va oqish izlar go'zalligi ko'zni qamashtirsa ham puch go'zallik, shuning uchun bebaqodir. Gulning go'zalligi esa to'q go'zallik, chunki uning bag'rida hayot bor, shuning uchun abadiy go'zallikdir. G'uncha guldan ham go'zalroq, chunki uning bag'rida ikki hayot- o'z hayoti va yana gul hayoti bor. Savol va topshiriqlar 1.Qo'shma gaplar qaysi belgisiga ko'ra turlarga bo'linadi? 2.Qismlari teng bog'lavchilar yordamida bog'langan qo'shma gaplar qanday qo'shma gaplar sanaladi? 3.Qismlari ergashtiruvchi bog'lovchilar yordamida bog'langan qo'shma gaplar qanday qo'shma gap hisoblanadi? 4.Qismlari ohang yordamida bog'langan qo'shma gap sanaladi? 50-mashq. Uyga vazifa. Rasm asosida Hashar mavzusida qo'shma gaplardan foydalanib matn tuzing. Qanday qo'shma gap turlaridan foydalanganingizni ayting. ...

Joylangan
21 Sep 2023 | 14:59:43
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
73.68 KB
Ko'rishlar soni
429 marta
Ko'chirishlar soni
218 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
21 Sep 2023 [ 14:59 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
73.68 KB
Ko'rishlar soni
429 marta
Ko'chirishlar soni
218 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:27 ]
Arxiv ichida: pptx