10-sinf 3-dars. Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalashning afzalligi Dars maqsadi: Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga Excelda murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalarning afzalligini o'quvchilarga tushuncha berish; Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig'ish kompetensiyasi; Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi Tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarni mehnatsevarlikka o'rgatish; Kommunikativ kompetensiya;Milliy va umummadaniy kompetensiya. Rivojlantiruvchi maqsad: amaliy topshiriqlar orqali bilimlarni mustahkamlash. Dars turi: takrorlash darsi; dars usuli aralash, amaliyot. Mavzuni boshlashga hozirlik: O'qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga tayyorlanadi. Informatikadan mavzuga mos elektron qo'llanmalar kompyuterga yuklanadi. Excel elektron jadvali ishchi holatga keltiriladi. Mavzuni yoritish: Dars amaliy shaklda olib boriladi. Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalardan foydalanish orqali, bajariladigan amallarni bir munchga osonlashtirish imkoniyati mavjud. Murojaatlardan foydalanib nusxalashning afzalliklarini quyidagi mashqlarda ko'rib o'tamiz. 1-mashq. a sonini 9 chi darajasigacha hisoblash. Bajarish: o'nta ustun va oltita satrli jadval hosil qilamiz; birinchi satr kataklari tugmasi yordamida birlashtirilib, Berilgan sonning darajalarini hisoblash matni yoziladi; A ustunga a soninig qiymatlari kiritiladi; MS Excelning Вставка- вставка формулу ketma-ketligini tanlab, a ning quyidagi darajalarini yozamiz: B4 katakda berilgan sonning kvadrati ya'ni =$A4*A4 amali bajariladi. Ushbu katakning o'ng pastki burchagiga sichqonchaning ko'rsatkichini keltirib, chap tugmasi bosilgan holda ustun bo'yicha pastga qarab siljitiladi va B7 katakda to'xtatiladi; B7 katakning o'ng pastki burchagiga sichqonchaning ko'rsatkichi keltirilib, chap tugmasi bosilgan holda B7:I7 oraliqda siljitiladi. Natijada quyidagi ko'rinish hosil bo'ladi: Mustahkamlash: 1.MS Excel 2010 elektron jadvallarini nusxalashning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntiring. 2. MS Excel 2010 elektron jadvalida matn ko'chirish qanday amalga oshiriladi? 3. 3 soninig 10 darajasigacha hisoblovchi jadval hosil qiling Uyga vazifa: 1. O'quv qurollarini xarid qilish jadvalini hosil qiling. 2. ...

Joylangan
25 Sep 2023 | 20:04:33
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
64.73 KB
Ko'rishlar soni
283 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
25 Sep 2023 [ 20:04 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
64.73 KB
Ko'rishlar soni
283 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan