4 - dars. Mantiqiy amallar Darsning maqsadi: Ta'limiy: o'quvchilarga mantiqiy amallar: «yoki»-mantiqiy qo'shish, «va»- mantiqiy ko'paytirish, «emas»-mantiqiy inkor haqida, sodda mulohazalar, «rost» yoki «yolg'on» mantiqiy qiymatlar, mantiqiy sxemasi haqida ma'lumot beriladi. Tarbiyaviy - o'quvchilarni do'stona ruhda, o'quvchilarni izlanuvchanlik ruhida vatanga muhabbatli , bilimga chanqoqlik, mehrli, oqibatli insonlar qilib tarbiyalash, , buyuk ajdodlar merosi ma'naviyatimiz asosi ekanligini o'quvchilarning ongiga singdirish. Rivojlantiruvchi: mantiqiy qo'shish, mantiqiy ko'paytirish, mantiqiy inkor, mulohazalar, mantiqiy qiymatlar. Dars turi: mavzu bo'yicha yangi tushuncha berish, bilimlarni shakllantirish. Dars metodi: an'anaviy, aqliy hujum, interfaol usullar. Dars jihozi: texnik vositalar, plakatlar, tarqatma kartochkalar, darslik, elektron dars ishlanmasi. Darsning borishi: Tashkiliy qism. ( 3 daqiqa) O'tilgan mavzuni takrorlash: (8 daqiqa) Yangi mavzuni tushuntirish: ( 15 daqiqa) Yangi mavzuni mustakamlash: (15 daqiqa) O'quvchilarni baholash: (2 daqiqa) Uyga vazifa berish: (2 daqiqa) I.Tashkiliy qism: salomlashish davomatni aniqlash sinf jurnalini tekshirish II. O'tilgan mavzuni takrorlash: kompyuterlarning texnik vositalari mavzusi bo'yicha savol-javob o'tkaziladi. Mavzuni yoritish: Kundalik hayotimizda turli mulohazalardan foydalanamiz. Mulohaza - bu narsa va hodisalarning sifatini anglatuvchi darak gapdir. Mulohazalar sodda va murakkab bo'lishi mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan «VA», «YОKI» kabi bog'lovchilar, «EMAS» shaklidagi ko'makchilar yordamida tuziladi. Mulohazalarni lotin alifbosi harflari bilan belgilash qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: «rost» yoki «yolg'on» mantiqiy qiymatga ega bo'lishi mumkin. Qulaylik uchun «rost» ni 1 raqami bilan, «yolg'on»ni esa 0 raqami bilan belgilaymiz. Biror shart yoki usul bilan bog'lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Quyida sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo'lgan ...

Joylangan
25 Sep 2023 | 20:53:05
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.44 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Sep 2023 [ 20:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.44 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: docx