5 - dars. Amaliy mashg'ulot Darsning maqsadi: Ta'limiy: o'quvchilarga mantiqiy amallar: «yoki»-mantiqiy qo'shish, «va»- mantiqiy ko'paytirish, «emas»-mantiqiy inkor haqida, sodda mulohazalar, «rost» yoki «yolg'on» mantiqiy qiymatlar, rostlik jadvali haqida ma'lumot beriladi. Tarbiyaviy: o'quvchilarni vatanga muhabbatli , mehrli , oqibatli insonlar qilib tarbiyalash, milliy istiqlol ruhini singdirish. Rivojlantiruvchi: mantiqiy qo'shish, mantiqiy ko'paytirish, mantiqiy inkor, mulohazalar, mantiqiy qiymatlar. Dars turi: mavzu bo'yicha yangi tushuncha berish, bilimlarni shakllantirish. Dars metodi: an'anaviy, aqliy hujum, interfaol usullar. Dars jihozi: texnik vositalar, plakatlar, tarqatma kartochkalar, darslik, elektron dars ishlanmasi. Darsning borishi: Tashkiliy qism. ( 3 daqiqa) O'tilgan mavzuni takrorlash: (8 daqiqa) Yangi mavzuni tushuntirish: ( 15 daqiqa) Yangi mavzuni mustakamlash: (15 daqiqa) O'quvchilarni baholash: (2 daqiqa) Uyga vazifa berish: (2 daqiqa) I.Tashkiliy qism: salomlashish davomatni aniqlash sinf jurnalini tekshirish II. O'tilgan mavzuni takrorlash: mantiqiy amallar mavzusi bo'yicha savol-javob o'tkaziladi. Mavzuni boshlashga hozirlik: Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo'yiladi. O'qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo'llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Mavzuni yoritish: 1-misol. Berilgan A,B,D,E o'zgaruvchilarning qiymati A - rost, B - rost, D - yolg'on, E- yolg'on bo'lganda quyidagi mantiqiy amal natijasi qanday bo'ladi? Yechish: A-rost, B-rost bo'lganda AB - rost, rostning inkori esa yolg'on. Keyingi qavs ichidagi amalning natijasi qanday bo'lishidan qat'iy nazar yolg'on bilan ko'paytmasi yolg'on natija beradi. Demak, javob: yolg'on 2-misol. A - Alisher 2-sinfda o'qiydi va B - Alisher 8 yoshda mulohazalar berilgan bo'lsa, quyidagi mantiqiy ifodani so'zlar orqali yozing: А В Yechish: Ifodada A va B mulohazalarning mantiqiy ko'paytmasi berilgan. Mantiqiy ko'paytma ...

Joylangan
25 Sep 2023 | 20:53:05
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.03 KB
Ko'rishlar soni
435 marta
Ko'chirishlar soni
93 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Sep 2023 [ 20:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.03 KB
Ko'rishlar soni
435 marta
Ko'chirishlar soni
93 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: docx