29 - dars. Ma'lumotlarni saralash Darsning maqsadi: Ta'limiy: o'quvchilarni elektron jadval yordamida ma'lumotlar ombori tashkil qilish va ularni saralash usullari bilan tanishtirish va ma'lumotlarni biror xususiyatiga asosan saralash, filtrlash usullari, filtrlash (saralash) - berilgan shartni qanoatlantiruvchi satrlarni ajratib olish haqida bilim va ko'nikmalar berish. Tarbiyaviy: o'quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo'naltirish. Rivojlantiruvchi: o'quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish va ma'lumotlarni biror parametriga ko'ra saralash, filtrlash, mantiqiy shartlar tushunchalarini mustahkamlash. TK: mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana olish. FOK: elektron manbalaridan turli ko'rinishdagi axborotlarni izlab topadi va kompyuterda yig'a oladi; Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlarini biladi; elektron pochta va axborotlarni himoya qilish imkoniyatlaridan foydalana oladi. Dars turi: mavzu bo'yicha yangi tushuncha berish, bilimlarni shakllantirish. Dars metodi: an'anaviy, amaliy, klaster, interfaol usullar. Dars jihozi: texnik vositalar, plakatlar, tarqatma kartochkalar, darslik, elektron dars ishlanmasi. Darsning borishi: tashkiliy qism. ( 3 daqiqa) O'tilgan mavzuni takrorlash: (8 daqiqa) Yangi mavzuni tushuntirish: ( 15 daqiqa) Yangi mavzuni mustakamlash: (15 daqiqa) O'quvchilarni baholash: (2 daqiqa) Uyga vazifa berish: (2 daqiqa) I.tashkiliy qism: salomlashish davomatni aniqlash sinf jurnalini tekshirish II. O'tilgan mavzuni takrorlash: ma'lumotlarni tartiblash mavzusi bo'yicha savol-javob o'tkaziladi Mavzuni yoritish: Avvalgi darsda ma'lumotlarni tartiblash haqida so'z yuritdik. Ko'pincha, ro'yxatdagi ma'lumotlarni biror xususiyatiga asosan ajratib olish, ya'ni saralash zarur bo'lib qoladi. Masalan, 500 kishilik ro'yxatdan faqat yoshi 35 da bo'lganlarini yoki yoshi 35 bilan 40 orasida bo'lganlarini yoki qora bo'lganlarini ajratib olish kabi. Excel dasturida bunday saralash masalasini filtrlash usuli orqali hal etiladi. ...

Joylangan
26 Sep 2023 | 06:18:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
87.88 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
26 Sep 2023 [ 06:18 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
87.88 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: docx