8-sinf Informatika fanidan Kompyuterlar mavzusida dars ishlanma

8-sinf Informatika fanidan Kompyuterlar mavzusida dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Informatika fanidan Kompyuterlar mavzusida dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

2 - dars. Kompyuterlar Darsning maqsadi: Ta'limiy: o'quvchilarga shaxsiy kompyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari haqida ma'lumot berish. Fanga oid kompetensiya: Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi Tarbiyaviy: o'quvchilarni vatanga muhabbatli , mehrli , oqibatli insonlar qilib tarbiyalash, milliy istiqlol ruhini singdirish. Rivojlantiruvchi: shaxsiy kompyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari, adres, mashina so'zi, xotira, protsessor, plata, portlar, kontrolerlar, ma'lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari. Dars turi: mavzu bo'yicha yangi tushuncha berish, bilimlarni shakllantirish. Dars metodi: an'anaviy, aqliy hujum, klaster kabi interfaol usullar. Dars jihozi: texnik vositalar, plakatlar, tarqatma kartochkalar, darslik, elektron dars ishlanmasi. Darsning borishi: tashkiliy qism. ( 3 daqiqa) O'tilgan mavzuni takrorlash: (8 daqiqa) Yangi mavzuni tushuntirish: ( 15 daqiqa) Yangi mavzuni mustakamlash: (15 daqiqa) O'quvchilarni baholash: (2 daqiqa) Uyga vazifa berish: (2 daqiqa) I.tashkiliy qism: salomlashish davomatni aniqlash sinf jurnalini tekshirish II. O'tilgan mavzuni takrorlash: hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi mavzusi bo'yicha savol-javob o'tkaziladi. Yangi mavzuni yoritish: Elektron hisoblash mashinalari (EHM) davri 4 avloddan iborat bo'lib, ular quyidagi alomatlari bilan farqlanadi: asosiy tashkil etuvchi elementi, tezkorligi, tezkor xotirasi hajmi, kiritish-chiqarish qurilmasi, dasturiy ta'minoti. 1947-yilda laboratoriyasinig xodimlari amerikalik Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Bratteyn tomonidan elektron lampa ishini bajara oladigan tranzistor ishlab chiqildi. Endi bu element asosida EHMlar o'lchami, vazni va energiya sarfi minglab baravar kamaydi, tezligi o'nlab marotaba ortdi. Bu kashfiyot uchun ular 1956-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi. 1957 yilda Texas Instruments firmasi xodimi Jek Kilbi mantiqiy elementlardan tuzilgan birinchi integral sxemani ishlab chiqdi. Narxi qimmat hamda o'lchami katta EHMlarga ko'p sonli muhandislar va dasturchilar xizmat ko'rsatishgan. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.78 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.78 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga