30 - dars. Ma'lumotlarni tartiblash va saralash mavzularini takrorlash Darsning maqsadi: Ta'limiy: o'quvchilarni elektron jadval yordamida ma'lumotlar ombori tashkil qilish va ularni saralash usullari bilan tanishtirish va ma'lumotlarni biror xususiyatiga asosan saralash, filtrlash usullari, filtrlash (saralash) - berilgan shartni qanoatlantiruvchi satrlarni ajratib olish haqida bilim va ko'nikmalar berish. Tarbiyaviy: o'quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo'naltirish. Rivojlantiruvchi: o'quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish va ma'lumotlarni biror parametriga ko'ra saralash, filtrlash, mantiqiy shartlar tushunchalarini mustahkamlash. TK: mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana olish. FOK: elektron manbalaridan turli ko'rinishdagi axborotlarni izlab topadi va kompyuterda yig'a oladi; Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlarini biladi; elektron pochta va axborotlarni himoya qilish imkoniyatlaridan foydalana oladi. Dars turi: mavzu bo'yicha yangi tushuncha berish, bilimlarni shakllantirish. Dars metodi: an'anaviy, amaliy, klaster, interfaol usullar. Dars jihozi: texnik vositalar, plakatlar, tarqatma kartochkalar, darslik, elektron dars ishlanmasi. Darsning borishi: tashkiliy qism. ( 3 daqiqa) O'tilgan mavzuni takrorlash: (8 daqiqa) Yangi mavzuni tushuntirish: ( 15 daqiqa) Yangi mavzuni mustakamlash: (15 daqiqa) O'quvchilarni baholash: (2 daqiqa) Uyga vazifa berish: (2 daqiqa) I.tashkiliy qism: salomlashish davomatni aniqlash sinf jurnalini tekshirish II. O'tilgan mavzuni takrorlash: ma'lumotlarni tartiblash mavzusi bo'yicha savol-javob o'tkaziladi Yangi mavzu bayoni: O'tilganlarni takrorlash avvalgi mavzu materiallari va darslikning shu mavzusida berilgan vazifalar yordamida amalga oshiriladi. Quyidagi vazifalarni bajaring. 1. 7 ta sinfdoshingizni ismi va familiyasi yozilgan jadvaldan avval A harfidan boshlanadigan familiyalarni, so'ngra ismi a harfi bilan tugaydiganlarini saralang. 2. Sinfdoshlaringizdan beshtasining familiyasi, ismi, tug'ilgan yili, joriy yil, ...

Joylangan
26 Sep 2023 | 06:18:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.2 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
26 Sep 2023 [ 06:18 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.2 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: docx