7-sinf Ona tili dars ishlanma. Fe'llarning tuzilishiga ko'ra turlari va ularning imlosi

7-sinf Ona tili dars ishlanma. Fe'llarning tuzilishiga ko'ra turlari va ularning imlosi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Ona tili dars ishlanma. Fe'llarning tuzilishiga ko'ra turlari va ularning imlosi - rasmi

Material tavsifi

Darsning rejasi: 1. tashkiliy qism. 2. Zukkolar daqiqasi. 3. Takrorlash bilimning onasi. 4. Aql Charxi. 5. Qoidalar chiqaramiz. 6. Darslik yaqin yordamchi. 7. Dars yakuni. Vazifa. Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Qadim zamonda Fe'l ismli boy bo'lgan ekan. Uning to'rt nafar o'g'li bor ekan. Katta o'glining ismi Sof fe'l, ikkinchi o'g'lining ismi Harakat nomi, uchinchisiniki Sifatdosh va kenjasining ismi Ravishdosh ekan. Bir kuni Fe'l-Boy o'z o'gillarini dunyo kezishga jo'natib yuboribdi.Barcha o'gillarining qilgan ishlarini Sof fe'l boshqarib,nazorat qilar, u inilariga doim hamroh bo'lar ekan. Nihoyat, o'g'illar safardan qaytib kelishibdi, ular ko'rgan-kechirganlarini birma-bir so'zlab beribdilar. Birinchi bo'lib Harakat nomi so'zlabdi: -Men Ot degan joyga bordim. U yerdagi odamlar Kim?, Nima? degan so'roqlarga javob berar ekan.Bu odamlar -v, -uv, -ish, -sh, -moq degan liboslarda yurar ekan. Men o'sha joydan sizga o'qish, o'quv, bilmoq, olg'a bormoq, o'qimoq, kabi sovg'alarni olib keldim. Navbat Sifatdoshga kelibdi: -Men yo'l yurib, yo'l yursam ham mo'l yurib Sifat degan go'zal bir vodiyga borib qoldim.Bu vodiyda ochilgan gullarni, sharqiragan tez oqar suvlarni, sevib yeydigan mevalarni, yoqimli sayrayotgan bulbullarni ko'rib lol qoldim. Oxirida Ravishdosh ko'rganlari so'zlay boshladi: -Men yo'lda bir nuroniy boboga duch keldim. Bu boboning ismi Ravish bobo ekan. Ravish bobo men bilan kulib-kulib suhbatlashdi. Bu suhbatlarimiz tong otguncha davom etardi. Vaqt bo'lgach, yo'lga tushdim, bu ko'rganlarimni sizga aytgani shoshdim. Fe'l-Boyning Harakat nomi, Sifatdosh, Ravishdosh o'g'illariga hamma havas bilan qarar edi.Bu o'g'illarining ahilligida Sof fe'lning xizmati katta ekan. Ularni bir dam bo'lsa-da bo'sh qo'ymas, doim biror foydali yumush bilan band bo'lishlarini,doim aniq maqsad sari faqat olg'a intilishlarini buyurar ekan. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 2.2 MB
Ko'rishlar soni 314 marta
Ko'chirishlar soni 132 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:16 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 2.2 MB
Ko'rishlar soni 314 marta
Ko'chirishlar soni 132 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga