-maktabning biologiya fani o'qituvchisi ning Biogeokimyoviy sikl mavzusida tayyorlagan DARS ISHLANMASI Moddalarning biologik va geologik aylanish jarayonlari birgalikda moddalarning biogeokimyoviy aylanishini hosil qiladi. Bu jarayon suv, kislorod, uglerod va azotning aylanishida namoyon bo'ladi. Biogeokimyoviy sikl - bu biosferada kimyoviy elementlar va anorganik moddalarning tashqi muhitdan organizmlarga, organizmlardan esa yana tashqi muhitga chiqarilishi orqali aylanishidir. Biogen elementlarning aylanish tezligi ularning organizmlar hayot faoliyatidagi funksiyasi va Yer qobig'idagi miqdoriga bog'liq. Uglerodning aylanishi. Uglerod barcha organik birikmalar hamda atmosferadagi karbonat angidrid gazi tarkibiga kiruvchi muhim biogen elementdir. Fotosintez jarayoni uglerodning anorganik moddalardan organik moddalarga tabiiy holda o'tishidir. Yerning rivojlanishi davomida davriy aylanishdan chiqib qolgan uglerod o'rni vulqonlar otilishi va boshqa tabiiy jarayonlar natijasida atmosferaga qaytariladigan uglerod hisobiga to'ldirib boriladi. Bugungi kunga kelib uglerodning atmosferaga ajralishi tabiiy jarayonlardan tashqari antropogen omillar natijasida, masalan, uglevodorod yonilg'ilarining yonishi oqibatida ham kuchayib bormoqda. Azotning davriy aylanishi. Azot biosferada eng ko'p tarqalgan elementlardan biri hisoblanadi. Azot tirik organizmlar uchun zarur organik moddalar: oqsil, nuklein kislota, lipoprotein, xlorofill tarkibiga kiradi. Uning asosiy qismi atmosferada molekular holatda (N2) bo'ladi. Atmosferadagi elektr hodisalar (chaqmoq) ta'sirida azot kislorod bilan reaksiyaga kirishib azot oksidi (NO2)ni hosil qiladi. Azot oksidi suvda erib nitrit (HNO2) va nitrat (HNO3) kislotalarni hosil qiladi va yog'inlar bilan tuproqqa tushadi. Tuproqqa tushgan kislotalar dissotsiatsiyasi natijasida nitrit (NO2) va nitrat (NO3) ionlarni hosil qiladi va ionlar shaklida o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladi. Azotning davriy aylanishiga antroporen omilning ta'siri o'g'it ishlab chiqarish sanoat korxonalari faoliyatida ko'p miqdorda azotli o'g'itlar ishlab chiqarishga sarflanishida namoyon bo'ladi. Azotli o'gitlardan ko'p miqdorda foydalanish tuproqning holatini buzadi, ortiqcha ...

Joylangan
15 Feb 2024 | 08:41:42
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.86 MB
Ko'rishlar soni
153 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
15 Feb 2024 [ 08:41 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.86 MB
Ko'rishlar soni
153 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx