-maktabning biologiya fani o'qituvchisi ning Biologik tizimlar. Ekologiya - biologik tizimlar haqidagi fan mavzusida tayyorlagan DARS ISHLANMASI Insoniyat paydo bo'lgandan boshlab atrof-muhit, o'simliklar va hayvonot olami, tabiatda sodir bo'ladigan hodisa va jarayonlarning sirli tomonlarini o'rgangan. Ulardan kelgusi hayotda foydalanish yuzasidan dastlabki tajribalarga ega bo'la boshlagan. Antik davrda ilmiy bilimlarning birinchi shakli tabiat falsafasi edi. Tabiat falsafasining obyekti tabiatda sodir bo'ladigan hodisalarni o'rganish sanalgan. Tabiat falsafasi tabiat haqidagi ma'lumotlarni to'plab, XVI-XVII asrlarda tirik va anorganik tabiat haqidagi mustaqil fan - tabiiyotshunoslikning shakllanishiga imkon yaratdi. Tabiiyotshunoslik fani negizida o'rganish obyekti, maxsus tadqiqot metodlariga ko'ra fanlarning ixtisoslashishi vujudga keldi. Biologiyaning o'rganish obyektlari tabiatning tirik materiyasi yoki organizmlardir. Biologiya tirik materiyaning tuzilishi, ularning hayot faoliyati, anorganik tabiat bilan o'zaro aloqasini o'rganadi. Tirik materiyaning sistemali tuzilishi. Tirik tabiat dunyosi turli xildagi, tuzilishi jihatidan turli murakkablik darajasiga ega biosistemalarni o'zida mujassamlashtiradi. Biologik sistema (biosistema) - o'zaro aloqador va o'zaro ta'sir ko'rsatadigan, muayyan funksiyani bajaradigan, rivojlanish, o'z-o'zini barpo etish va atrof-muhitga moslanish qobiliyatiga ega biologik obyektlarni o'zida birlashtiradi. Biologik sistemalarning iyerarxik tuzilishi. Tirik sistemalarning turli xil bir-biriga bog'liq, o'zaro aloqada bo'lgan darajalari iyerarxik tuzilishdan iborat. Hayot tuzilishining yirik darajalari o'zida kichik darajalarni tarkibiy qism sifatida mujassamlashtiradi va har bir tuzilish darajasining o'zaro ta'siri ko'lamiga qaram holda umumiy qonuniyatlarga bo'ysunadi, ularning o'zaro ta'siri tufayli umumiy xossalari paydo bo'ladi. Biosfera o'zida yerning tirik organizm tarqalgan qobig'i sifatida sayyoramizdagi barcha biogeotsenozlarni qamrab oladi. Biogeotsenoz o'z navbatida ekologik jihatdan bir-birini to'ldiradigan turli populatsiyalardan tashkil topgan. Populatsiyalar esa, avlodlari doimo almashinib turadigan individlardan tuzilgan. Individlar yaxlit organizm bo'lib, ular organlar sistemalaridan, organlar ...

Joylangan
15 Feb 2024 | 08:41:42
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.82 MB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
15 Feb 2024 [ 08:41 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.82 MB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx