11-sinf Biologiya dars ishlanma. Biosfera evolutsiyasi. Biogenez

11-sinf Biologiya dars ishlanma. Biosfera evolutsiyasi. Biogenez

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Biologiya dars ishlanma. Biosfera evolutsiyasi. Biogenez - rasmi

Material tavsifi

47-maktabning biologiya fani o'qituvchisi ning Biosfera evolutsiyasi. Biogenez mavzusida tayyorlagan DARS ISHLANMASI Biosfera evolutsiyasi bosqichlari. V.I.Vernadskiyning asarlarida bio -sfera evolutsiyasi konsepsiyasi muhim o'rin tutadi. Ushbu konsepsiyaning asosiy g'oyasi shundaki, biosfera tirik organizmlar ishtirokida hosil bo'lgan va rivojlangan. Yer yuzida tirik organizmlar paydo bo'lgandan boshlab biosfera evolutsiayasi davom etib kelmoqda. V.I.Vernadskiy biosfera evolutsiyasini uch bosqichga ajratadi. Birinchi bosqich - Yerda hayotning va birlamchi biosferaning paydo bo'lishi. Bu bosqich paleozoy erasining kembriy davrigacha davom etadi. Bu bosqichning asosiy omillari geokimyoviy va iqlim omillari hisoblanadi. Ikkinchi bosqich - ko'p hujayrali organizmlar xilma-xilligining ortishi tufayli biosfera strukturasining murakkablashuvi. Bu bosqichning asosiy omili biologik evolutsiya hisoblanadi. Bu davr kembriy davridan boshlanib, hozirgi zamon odamlari paydo bo'lishigacha davom etgan. Uchinchi bosqich insoniyat jamiyatining kelib chiqishiga bog'liq. Bundan taxminan 40-50 ming yillar avval boshlanib, hozirgi vaqtgacha davom etmoqda. Uchinchi bosqich insoniyat jamiyati kelib chiqishi va rivojlanishiga bog'liq bo'lgani uchun uni noogenez davri deyiladi. Biogenez bosqichi. Yerda biosfera birinchi tirik organizmlar bilan bir vaqtda paydo bo'lgan. Tirik organizmlar evolutsiyasi ta'sirida biosfera ham o'zgara borgan. Dastlabki tirik organizmlar bir hujayrali geterotrof oziqlanuvchi anaerob prokariotlar bo'lgan. Dastlabki tirik organizmlar abiogen usulda hosil bo'lgan tayyor organik moddalar bilan oziqlanib, biosferaning birlamchi biomassasini to'plab borgan. Birlamchi biosferada organik moddalar kam bo'lgani uchun geterotrof prokariotlar tez ko'paya olmas edi. Atmosferaning yuqori qatlamlarida elektrokimyoviy jarayonlar ta'sirida kisloroddan ozon ekrani hosil bo'lgan. Ozon ekrani Yer yuzidagi tirik organizmlarni quyoshning ultrabinafsha nurlari va kosmik nurlarining haloqatli ta'siridan himoya qilgan. Bunday qulay sharoitda dengiz yuzasida tirik organizmlar yanada ko'paya borgan. Atmosferada erkin kislorodning ko'payishi Yer yuzasida aerob ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.64 MB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.64 MB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga