11-sinf Biologiyadan dars ishlanma. Hayvonlarning qon aylanish organlari evolutsiyasi

11-sinf Biologiyadan dars ishlanma. Hayvonlarning qon aylanish organlari evolutsiyasi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Biologiyadan dars ishlanma. Hayvonlarning qon aylanish organlari evolutsiyasi - rasmi

Material tavsifi

-maktabning biologiya fani o'qituvchisi ning Hayvonlarning qon aylanish organlari evolutsiyasi mavzusida tayyorlagan DARS ISHLANMASI Barcha tirik organizmlar o'z-o'zini boshqaradigan, o'z-o'zini barpo etadigan, dinamik ravishda rivojlanadigan ochiq biologik sistemalardir. Ochiq biologik sistema deyilganda, tashqi muhitdan tinimsiz ravishda kerakli, zarur moddalarning qabul qilinishi, keraksiz moddalarning ayirib chiqarilishi, ya'ni moddalar almashinuvi tushuniladi. Yuksak tuzilishga ega organizmlarda qon, limfa, to'qima suyuqligi, hujayralar tarkibidagi sitoplazma organizmning ichki muhitini tashkil etadi. Ichki muhitning asosiy qismini qon tashkil etib, u transport, gumoral boshqarish, termoregulatsiya, himoya vazifalarini bajaradi. Qon aylanish sistemasi boshqa a'zolar sistemasi kabi uzoq davom etgan filogenezning mahsuli hisoblanadi. Qon suyuq biriktiruvchi to'qima bo'lib, u plazma va qonning shaklli elementlaridan tashkil topadi. Organizmlarning embrional rivojlanishida qon va qon aylanish sistemasining a'zolari mezodermadan rivojlanib, oziq modda, kislorod va ayirish mahsulotlarini tashish vazifasini bajaradi. Umurtqasiz hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi evolutsion o'zgarishlar. Tuban umurtqasiz hayvonlar (g'ovaqtanlilar, kovakichlilar, yassi chuvalchanglar)da qon aylanish sistemasi yo'q. Ularda kislorod va oziq moddalar tanaga diffuziya yo'li bilan tarqaladi. Qon aylanish sistemasi dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo'lgan. Yurak dastlab molluskalarda paydo bo'lgan. Yurak, yurak oldi xaltasi ichida joylashgan. Yurak bo'lmachasi va qorinchasi galma-gal qisqarib, qon tomirlarga oqadi. Qon tomirlari ko'p marta shoxlanib, mayda tomirlarga ajratadi. Tomirlarning uchi ochiq bo'lib, qon ichki a'zolar oralig'idagi bo'shliqqa quyiladi. Bo'g'imoyoqlilarda ham qon aylanish sistemasi ochiq. Qon tana suyuqligi bilan aralashib gemolimfani hosil qiladi. Qisqichbaqasimonlarda yurak besh qirrali bo'lib, boshko'krakning orqa tomonida joylashgan. O'rgimchaksimonlarning yuragi qorin bo'limining orqa tomonida joylashgan. Hasharotlarda qon aylanish sistemasi uzun nayga o'xshash: ko'p kamerali yurak va kalta aorta tomiridan tuzilgan bo'lib, kislorod tashishda ishtirok etmaydi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.37 MB
Ko'rishlar soni 174 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.37 MB
Ko'rishlar soni 174 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga