11-sinf Biologiya dars ishlanma. Ekosistemalarning tarkibiy qismlari

11-sinf Biologiya dars ishlanma. Ekosistemalarning tarkibiy qismlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Biologiya dars ishlanma. Ekosistemalarning tarkibiy qismlari - rasmi

Material tavsifi

-maktabning biologiya fani o'qituvchisi ning Ekosistemalarning tarkibiy qismlari mavzusida tayyorlagan DARS ISHLANMASI Har qanday o'lchamdagi majmualardan iborat ekosistemadan farqli ravishda biogeotsenozlar aniq hudud bilan chegaralangan. Ana shunday ayrim farqlar mavjudligiga qaramay «biotsenoz» va «jamoa», «biogeotsenoz» va «ekosistema» tushunchalari bitta tabiiy hodisa - hayotning turdan yuqori tuzilish darajasidagi biologik sistemalar hisoblanadi. Ekosistema ikkita tarkibiy qism - muhit sharoitlari (biotop) va Yer yuzida moddalarning davriy aylanishi hamda energiya oqimini ta'minlovchi uchta funksional guruhga birlashadigan tirik organizmlar (biotsenoz)dan tashkil topgan. Biotop (yunoncha «bios» - hayot va «topos» - joy yoki yashash joyi), nafaqat jamoaning egallagan joyi, balki jamoa hayotini belgilovchi muhit omillarining o'zaro bir-biri bilan bog'liq kompleksidir. Tirik organizmlar o'z hayotiy faoliyatlari davomida muhitning abiotik shart-sharoitlari (ekotop)ga o'z ta'sirini o'tkazib, uni biotopga aylantiradi. Ekosistemaning abiotik muhiti (ekotop)ni notirik tarkibiy qismlar - klimatop (yorug'lik, harorat, namlik, havo va boshq.) va tirik organizmlar faoliyati natijasi hisoblangan tarkibiy qism - edafotop (tuproq) tashkil etadi. Ekotop tirik organizmlar tomonidan hali o'zgarmagan, o'z tuprog'i, iqlimiga ega ma'lum hudud hisoblanadi. Biotsenoz- biotopda yashovchi tirik organizmlar yig'indisi hisoblanadi. Biotsenoz xilma-xil turlar tarkibi va soni bilan, har xil turga mansub tirik organizmlar o'rtasidagi munosabatlar hamda tirik organizmlar va tashqi muhit omillari o'rtasidagi turli-tuman o'zaro munosabatlar bilan ta'riflanadi. Biogeotsenozning yashil o'simliklari (fitosenoz) quyosh energiyasi hisobiga fotosintez jarayonida hosil qiladigan organik birikmalari hayvonlar (zoosenoz) uchun oziq hisoblanadi. zamburug''lar (mikosenoz) va mikroorganizmlar (mikrobiotsenoz) organik qoldiqlarni mineral moddalargacha parchalab, tashqi muhitga qaytaradi. Biotsenoz tarkibidagi barcha tirik organizmlar 3 ta funksional guruhga bo'linadi: produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar Produtsentlar (lot. «producens» - yaratuvchi) - organik birikmalarni hosil ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.32 MB
Ko'rishlar soni 212 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.32 MB
Ko'rishlar soni 212 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga