7-sinf Adabiyot fanidan Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi dars taqdimoti

7-sinf Adabiyot fanidan Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Adabiyot fanidan Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi Сhingiz Aytmatov hayotidan Chingiz Aytmatov 1928- yilning 12-dekabrda Qirg'izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug'ilgan, bolaligidanoq hayot mashaqqatlarni totigan. Oilaning to'ng'ich farzandi Chingiz avvaliga rus maktabida o'qidi. Otasi qamalib, qishloqqa qaytishga majbur bo'lishgach, qirg'iz maktabida tahsil oldi. Chingiz Aytmatov 1958- 1960-yillarda ,,Literaturniy Kirg'izstan'' jurnalida muharrir, 1962-yilda ,,Pravda'' gazetasining O'rta Osiyo va Qozog'iston bo'yicha maxsus muxbiri bo'lib ishladi. 1962-yilda Qirg'iziston kinomatografiya kengashi raisi bo'ldi. 1988-1990-yillarda ,,Inostrannaya literatura'' jurnalining Bosh muharriri bo'ldi. Ulug' yozuvchi 2008-yilning 10-iyunida og'ir kasallikdan vafot etdi Yozuvchining ,, Birinchi muallim'', ,,Yuzma-yuz'', ,,Jamila'', ,,Alvido'', Gulsari'', ,,Oq kema'' singari asarlari uning nomini jahonga tanitdi. Adibning ,,Asrga tatigulik kun'', Qiyomat'', Kassandra tamg'asi'', ,,Tog'lar qulaganda (Mangu qayliq)'' romanlarida nafaqat bir millat va mamlakatga, balki butun insoniyatga daxldor ma'naviy-axloqiy muammolar aks ettirildi.Shuning uchun ham Chingiz Aytmatov asarlari jahonning 165 tiliga o'girilib, 67,2 million nusxada chop etilgan. Romanlari: ,,Asrga tatigulik kun''; ,,Qiyomat'' ,,Kassandra tamg'asi; ''Tog'lar qulaganda (Mangu kelinchak)''. ,,Asrga tatigulik kun'' Bu roman Chingiz Aytmatovning jahon miqyosidagi shuhratiga yangi shuhrat qo'shdi. Romanda aks ettirilgan voqealar, asosan, Bo'ronli deb nom olgan temir yo'l bekatidagi mittigina olti-yetti oila yashaydigan ovulchada ro'y beradi. Undagi voqealar butun umr shu Bo'ronli temir yo'l bekatida oddiy temiryo'lchi bo'lib ishlagan Qozonqopning vafoti, uni dafnetish uchun Ona Bayit qabriston tomon yo'lga tushish bilan boshlanadi. Asarning bosh qahramoni Edigey Jongeldin halol mehnatkash odam. U urushda qatnashgan, urush qiyinchiliklarini ko'rgan. Manqurtlar haqidagi rivoyat ,,Asrga tatigulik kun'' romanining butkul zamonaviy ahamiyatini belgilovchi eng muhim qism va romanning butkul hujayralariga singib ketgan yetakchi g'oyalardan birining manbaidir. ,,Qiyomat'' romani haqida: Chingiz Aytmatovning ,,Qiyomat'' romanida ezgulik va oliyjanoblikning, yaxshilik va tog'rilikning, adolat va haqgo'ylikning qiyomat-qoyin darajasiga tushayotgan holatlari tabiat, jamiyat, ilson va iymon muammolarini aks ettirish orqali ko'rsatiladi. Ezgulikning insonparvar asoslarini Chingiz Aytmatov Bo'ston obrazi orqali ilgari suradi. Avdiyni an'anaviy yo'sindagi yaxshi yoki yomon kishi obrazi deb atash qiyin. U murkkab obrazdir. Shu fikrdan kelib chiqib, ,,Qiyomat'' romanining bosh qahramoni Iso ham Avdiy Kalistratov ham, Bo'ston ham yohud Akbara va Toshchaynar ham emas, balki ularning barchasini birlashtirib turuvchi Imondir, deb aytish mumkin. ,,Qiyomat'' romanida bolasini qidirayotgan Akbara timsoli… «Kassandra tamg'asi» romani chinakam falsafiy kashfiyot bo'ldi. Aytmatov shafqatsizlik, jinoyatlar, zulmkorlik, vahshiylikning bugungi ekilgan urug'laridan qanday dahshatli nihollar unib chiqishini ko'rsatdi. Yer shari axloqiy muammolar sinab ko'riladigan poligon bo'lib qolayotir. Insoniyat falokat yoqasida turibdi. Bu falokat chetdan kelgan emas, uni odamzotning o'zi keltirib chiqarmoqda. Dunyo kasalga chalingan, jamiyat o'zining ana shu ijtimoiy xastaliklaridan forig' bo'lmas ekan, intiqom muqarrardir. Romanda jamiyatni qonxo'rlardan, kallakesarlardan, vasvasalardan tozalash, oxir zamondan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.31 MB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:00 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.31 MB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga