7-sinf Adabiyot fanidan Cho'lpon hayoti va ijodi dars taqdimot

7-sinf Adabiyot fanidan Cho'lpon hayoti va ijodi dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Adabiyot fanidan Cho'lpon hayoti va ijodi dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Cho'lpon (1897-1938) 7-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 24-mavzu Haq yo'li, albatta, bir o'tilgusi Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon 1897-yilda Andijon shahrining Qatorterak mahallasida tug'ildi. Uning otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o'g'li Andijonning obro'li kishilaridan bo'lib, savdogarlik bilan shug'ullanar edi. U zamonasining o'qimishli kishilaridan hisoblanar, o'zi ham she'rlar yozib turardi. Cho'lponning onasi Oysha aya, garchi unchalik o'qimishli bo'lmasa-da, o'g'lining ijodiga katta ta'sir ko'rsatgan. Negaki, u xalq qo'shiqlari va ertaklarining bitmas xazinasidan yaxshigina xabardor bo'lgan. Abdulhamid avval eski maktabda o'qidi. Vaqti yetgach, Andijon va Toshkent madrasalarida tahsil ko'rdi. Zamonning talabini ilg'agan Sulaymonqul o'g'lini rus-tuzem maktabida ham o'qitdi. Tinimsiz o'qish-o'rganish va kuchli iste'dod tufayli Abdulhamid o'n olti yoshlarga yetib-yetmay ijod qila boshladi. Uning shu davrda yaratgan hikoya va she'rlari Turkiston o'lkasi gazetalarida chop etilardi. Erksiz ma'rifatning, ma'rifatsiz esa erkning bo'lmasligi shoirga ayon edi. Shu bois Cho'lpon 1917-yilning fevralida Rossiyada sodir bo'lgan inqilobga katta umid bilan qaradi. Lekin bu inqilob Turkiston o'lkasiga chin ozodlik bermadi. Cho'lpon mislsiz she'riy kashfiyotlardan tashqari «Kecha va kunduz» deb ataluvchi birinchi o'zbek roman-dilogiyasining muallifi hamdir. Afsuski, zamondoshlarining хotirlashlaricha, romanning ikkinchi kitobi qo'lyozmasi Cho'lpon qamalgan paytda yo'q qilingan va hozirgacha topilgan emas. Cho'lponning 1921-yilda yaratgan «Yorqinoy» dramasi badiiy jozibasi jihatidan hozirgacha ham o'z ta'sir kuchini yo'qotmay kelmoqda. Abdulhamid Cho'lpon o'zbek o'quvchilarini jahon adabiyotining durdona asarlari bilan tanishtirish borasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Shekspir, Blok, Gorkiy, Thakur singari mashhur adiblar ijodidan qilgan tarjimalari xalqimiz ma'naviyatining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Haqiqat kuychisi va erk farzandi - Cho'lpon buni qilolmasdi. Shu bois uni o'zi sevgan, hayotini baxshida qilgan xalqqa dushman deb, millatchi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.76 MB
Ko'rishlar soni 360 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.76 MB
Ko'rishlar soni 360 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga