HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY (1889-1929) Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889-yilning 6-mart kuni Farg'ona vodiysining Qo'qon shahrida tug'ilgan. OTA-ONASI Hamzaning otasi Ibn Yamin mashhur tabib bo'lgan. Shu sabab shoir o'z taxallusiga Hakimzoda nomini qo'shgan. Onasining ismi Jahonbibi edi. Ta'lim Hamza dastlabki ta'limni shahardagi eski maktab va madrasalarda oldi, o'sha paytda urf bo'la boshlagan rus-tuzem maktabida rus tilini o'rganishga harakat qildi. Badiiy ijod sohasida uning dastlabki ustozlaridan biri tatar maorifchisi Abdulla To'qmullin bo'lgandi. Bu haqda keyinchalik adib shunday xotirlagan: «Ul menim qo'limda o'z qalamim bilan yuz sahifadan ortig'roq eski usuldagi yozishmalarimi ko'rib, tarbiyag'a kirishdi». Ma'rifatchilik faoliyati 1910-yilda Toshkentga kelgan Hamza ma'rifatchilik faoliyatini boshlaydi. Bu yerda Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li boshchiligidagi jadidlar - yangilik tarafdorlari safiga qo'shiladi. Shaharning Qashqar mahallasida usuli jadid maktabini tashkil qiladi. D A R S L I K L A R Hamza o'zi ochgan maktablardagi ta'lim-tarbiya jarayoni tajribalaridan kelib chiqib, bu o'quv dargohlarida qo'llash uchun darsliklar yozishga ham jiddiy e'tibor beradi. Uning «Yengil adabiyot», «O'qish kitobi», «Qiroat kitobi» singari o'quv qo'llanmalari millat bolalarini savodli qilish ishiga munosib hissa qo'shdi. 2 TAXALLUS Hamza dastlab «Nihoniy» («yashirin», «maxfiy» ma'nosida) taxallusi bilan mumtoz adabiyotimiz janrlarida ijod qildi. Qariyb o'n yil davomida yaratgan she'riy asarlarini to'plab, 1914-yilda ilk qo'lyozma devonini «Devoni Nihoniy» nomi ostida jamladi. Keyinchalik Niyoziy taxallusi bilan mashhur bo'ldi. ASARLARI 1915-1919-yillarda yozgan she'rlarini esa yettita to'plam qiladi va ularga «Milliy ashulalar uchun milliy she'rlar majmuasi» deb umumiy nom beradi. Bu majmuaga «Atir gul», «Oq gul», «Qizil gul», «Pushti gul», «Sariq gul», «Yashil gul», «Safsar gul» to'plamlari kirgandi. 1914-1915-yillarda «Yangi saodat», «Uchrashuv» nomli «milliy romanlar» ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.74 MB
Ko'rishlar soni
621 marta
Ko'chirishlar soni
103 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.74 MB
Ko'rishlar soni
621 marta
Ko'chirishlar soni
103 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx