7-sinf Adabiyot fanidan Maxtumquli hayoti va ijodi dars taqdimoti

7-sinf Adabiyot fanidan Maxtumquli hayoti va ijodi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Adabiyot fanidan Maxtumquli hayoti va ijodi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

MAXTUMQULI Turkman mumtoz adabiyotining yirik vakili, o'z asrlari bilan mumtoz janrlarni adabiyotga to'la-to'kis olib kirgan shoir Maxtumqulidir. U Sharq mumtoz adabiyotining yirik vakillari Sa'diy, Hofiz, Umar Xayyom, Alisher Navoiylarning asarlarigi mutolaa qildi. bundan tashqari, turkman xalq og'zaki ijodini ham izchil o'rgandi. Aynan shu ikki jihat u yaratgan asarlarda ifodasini topgan. Ko'pchilik Maxtumqulining axloq-odob, nasihat tarzidagi she'rlarini yoddan bilishadi. She'rning uslubi ravon, so'zlari tushunarli. Har ahmoqqa aytma dardu so'zingni, Hasrat o'ti jisming yoqqancha bo'lmas. G'ussa bilan dona-dona ko'zingdan, Achchiq yoshlarini to'kkancha bo'lmas. Qanoatli odam ta'madan xoli. Birovga rangini sarg'aytirmaydmi, nomardga do'st tutinmaydi. Qanoatda, izzatda tut o'zingni, Ta'ma qili sarg'aytirma yuzingni. Xar nomardga hayf aylama so'zingni, So'zingning binosin yiqqancha bo'lmas. Mag'rur bo'lib kezma umring guliga, Duch bo'larsan bir kun xazon yeliga. Yuz yil yashab tushsang ajal quliga, Chapingdan o'nginga boqqancha bo'lmas. Ko'mir -qora, ko'ngli egri odam ko'mirday qora. Ko'mirga qancha izzat-ikrom qilsang ham qo'lingga tegdimi qoraytiradi. Qo'lingni banogoh yuzing va pesxonangga surtsang hamma joyingga qo'ora surtiladi. Ko'ngli qora bilan bo'lmanglar ulfat, Yuqar undan turli-tuman kasofat. Ko'mirga har necha aylasang izzat, Manglayga qorasi yuqqancha bo'lmas. Maxtumquli hargiz topmadi omon, Yomon tilning zahri tig'lardan yomon. Yomon til yonida zahr ko'p ilon,- Chaqsa-da, bir chivin chaqqancha bo'lmas. Maxtumqulining «Bo'larsan», «Bormi?», «Boshladi», «Eltngni» kabi asarlarini o'qib, shoir faqat pand-nasihat bilan cheklanadi degan fikrga kelish yaramaydi. Ayni shu pand-nasihat mohiyatida ijtimoiy hayotning barcha muammolari ishq, muhabbat, Vatanga sadoqat jamlangan. Baland tog'lar, buyuklikda gerdayma, Xumchada suv bo'lgan zardek bo'larsan. Teran daryo, haybatingga kekkayma, Vaqting yetsa, qurib yerdek bo'larsan. Bu dunyo foniy. Foniy olamdagi barcha narsalar o'tkinchi. Hayvonotu nabotot, ulkan daryo-yu hududsiz tog'lar bir kun kelib yemiriladi. Shunday ekan odamzot ham tirikchiligiga gerdayib, manmanlik qilmasligi shart. Tog'larning arsloni, bobir, falangi, Oxir teng bo'lar fil, pashsha jangi. Jayhur daryosi-yu, Nilning nahangi, Quloqdan urilgan xardek bo'larsan. Yaxshi bedov mingan, xub go'zal quchgan, Birga eltgan bormi boqiga ko'chgan. Haqiqiy nomarddir imonchiz kechgan, Imon bilan borsang nodek bo'larsan. Luqmoni Hakimdek dono, Rustamdek devlarni qiyqiratadigan Iskandardek yer yuzini olsang ham oxir-oqibat tuproqqa qaytasan, tuproq bo'lasan. Luqmondek har ishning chorasin bilsang, Rustamdek davrlarga farmonlar bersang. Iskandardek yerning yuzini olsang, Yakson bo'lib, baribir yerdek bo'larsan. «Bomi?» she'ri garchand barmoq vaznida yozilgan bo'lsa-da, so'zlarni tushunarli ifodalash jihatidan u Mashrabning g'azallarini eslatadi. Shoir ritorik so'roq berish asnosida maqsad-mohiyatni teranroq ifodalashga harakat qiladi. Jahongashta devonalar, Men kabi hech yongan bormi? Ishq qurboni, parvonalar, U olovdan qongan bormi? Bodi sabo kelar bo'ldi, Har joyda bir qolar bo'ldi. Qiyo nazar solar bo'ldi, Adolatli sulton bormi? Maxtumqulining «Boshladi», «Elingni» she'rlarida ham tilni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.61 MB
Ko'rishlar soni 250 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.61 MB
Ko'rishlar soni 250 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga