7-sinf O'lmas Umarbekov hayoti va ijodi

7-sinf O'lmas Umarbekov hayoti va ijodi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf O'lmas Umarbekov hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

7-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 11-mavzu O'lmas Umarbekov (1934 -1994) Taniqli o'zbek yozuvchisi O'lmas Umarbekov 1934-yilning 25-yanvarida Toshkent shahrida tug'ilgan. Millatimiz hayotida chuqur iz qoldirgan jadid Abdulla Avloniy asos solgan 40-maktabda o'qigan. Maktabni oltin me'dal bilan bitirgan O'lmas o'sha vaqtdagi O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetiga o'qishga kirgan. O'zbekiston xalq yozuvchisi (1992), XX asr o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib ulush qo'shgan adib O'lmas Umarbekov serqirra iste'dod sohibi edi. 1956-yilda Respublika radiosida muharrir sifatida ish boshlagan O'. Umarbekov 1971-yilgacha bosh muharrir lavozimigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. 1971-1974-yillarda O'zbekiston kompartiyasi Markaziy qo'mitasida sektor mudiri, 1974-1981-yillarda «O'z bekfilm» kinostudiyasi direktori, 1982-1986-yillarda Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari, 1987-1989-yillarda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, 1989-1991-yillarda Respublika Bosh vazirining o'rinbosari kabi o'ta mas'ul lavozimlarda mehnat qildi. Taniqli yozuvchi, davlat va jamoat arbobi O'lmas Umarbekov uzoq davom etgan og'ir kasallikdan so'ng 1994-yilning 10-noyabrida vafot etdi. O'lmas Umarbekov badiiy ijodni hikoyachilikdan boshla gan. Yosh yozuvchining «Xatingni kutaman» (1956) nomli birinchi asariyoq «Yilning eng yaxshi hikoyasi» deb tan olinib, maxsus mukofot bilan siylandi. «Hikoyalar» (1959), «Qishlog'imiz kishilari» (1960), «Yulduzlar» (1962), «Charos» (1962), «Bolgar qo'shiqlari» (1966), «Ko'prik» (1968), «Oltin yaproqlar» (1970), «Qiyomat qarz» (1976), «Yer yonganda» (1993) singari o'ndan ortiq to'plamda uning yuz lab hikoyalari bosildi. Hikoyalari O'. Umarbekov insonni anglashga, uning ruhiy dunyosiga kirishga va odamning o'y-tuyg'ularini ichdan turib tasvirlashga intilgani bois uning hikoyalarida samimiyat kuchli. Adibning: «Sevgim, sevgilim» (1963), «Kimning tashvishi yo'q» (1965), «Urush farzandi» (1972), Damir Usmonovning ikki bahori» (1978), «Cho'li Iroq» (1971), «Yoz yomg'iri» (1973), «Oq qaldirg'och» (1974) kabi qissalari milliy nasr rivojida salmoqli o'rin ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.66 MB
Ko'rishlar soni 544 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:16 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.66 MB
Ko'rishlar soni 544 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga