Roman va uning turlari 7-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 10-mavzu Roman nasr yo'lida yozilganligi, hayotni keng qamrovda ko'rsatganligi, sujeti ko'p tarmoqli bo'lganligi, inson taqdiri va ruhiyati tasvirining ko'lamdorligi, katta hajmga ega bo'lishi bilan hikoya va qissadan ajra lib turadi. Roman tasvir qamrovi, tuzilishi va hajmiga ko'ra dilogiya, trilogiya, tetralogiya ko'rinishlarida bo'lishi mumkin. Roman-dilogiya - ikki kitobdan iborat bo'lib, inson taqdiri va hayotini ancha keng qamrab oladi. M. Ismoiliyning «Farg'ona tong otguncha», H. Nu'mon va A. Shorahmedovning «Ota», P. Qo dirovning «Yulduzli tunlar» va «Avlodlar dovoni» asarlari roman-dilogiyalardir. Тrilogiya - uch kitobdan iborat bo'lib, jamiyat hayotidagi katta bir davrni qamrab oladi, dilogiyadan ko'ra ham ko'proq taqdirlar qalamga olinadi, qahramonlar soni ham ko'proq bo'ladi. Said Ahmadning «Ufq» asari trilogiya namunasi bo'lib, «Qirq besh kun», «Hijron kunlarida», «Ufq bo'sag'asida» nomli uchta alohida romandan iborat. Muhammad Alining «Ulug' saltanat» tetralogiyasi «Jahongir Mirzo», «Umarshayx Mirzo», «Mironshoh Mirzo», «Shoh rux Mirzo» nomli romanlardan iborat. Tetralogiya - to'rt kitobdan iborat romanni bildiradi. Roman necha kitobdan iborat bo'lishidan qat'i nazar, ularda ichki birlik, bog'lanish bo'ladi. Dilogiya yoki trilogiya qismlarini o'zaro bog'laydigan bir insoniy taqdir, barcha kitoblarda ishtirok etadigan bir yoki bir necha qahramon bo'lishi talab etiladi. «Farg'ona tong otguncha» dilogiyasida G'ulomjon, «Ulug' saltanat» tetralogiyasida Тemur obrazlari barcha kitoblarda tasvirlanadi. «Ufq» trilogiyasida ham Ikromjon obrazi barcha kitoblardagi voqealar markazida turadi. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
320 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
320 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:34 ]
Arxiv ichida: pptx