Asl ismi G'ulom Aminjon o'g'li Alimov bo'lgan shoir Shuhrat
(1918-1993) SHUHRAT Asl ismi G'ulom Aminjon o'g'li Alimov bo'lgan shoir Shuhrat 1918-yilning 19-aprelida Toshkent shahrining mahallasida tug'ilgan. Adabiyot o'qituvchisining ta'siri Adabiyot o'qituvchisi Yunus Latifning ta'sirida badiiy adabiyotga mehr qo'ydi, she'rlar yoza boshladi. U 1932-1933-yillarda transport texnikumida, 1934-1936-yillarda O'rta Osiyo transport injenerlari institutida tahsil ko'radi. 1936-1940-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Toshkent davlat pedagogika universiteti)da ta'lim oladi. Ilk she'r va taxallus Shuhratning birinchi she'ri 1935-yilda 17 yoshida e'lon qilindi. U 1930-yillarning ikkinchi yarmidan e'tiboran bitgan she'rlariga «Shuhrat» taxallusini qo'llay boshladi. O'sha yillarda Shuhratning «Orzu va qasos» dostoni, «Mehrol» nomli ertak-dostoni chop etildi va o'quvchilarning e'tiborini tortdi. Urush va ijod 1941-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlangach, shoir Shuhrat urushga safarbar qilindi va u yerda 1943-yilda og'ir yarador bo'lgunga qadar janglarda qatnashdi. Frontdan qaytgach, urush mavzusida «Shinelli yillar daftari» she'rlar turkumini yozdi, «Farzand», «So'lmas chechaklar» kabi dostonlar yaratdi. BALLADALARI «Ona va farzand» asarida sho'ro yerlarida borgan urush voqeasi aks etgan; «Jamila»da arab qizining fransuz bosqinchilariga qarshi kurashi aks etgan; «Raymonda»da Vyetnamda borayotgan urushga qarshi turgan fransuz qizi jasorati madh etiladi. «Uch qiz afsonasi», «Guldursun», «Qora va oq aravacha haqida ertak» kabi balladalari ham bor. Qora kunlar Shuhrat 1951-yilda shu hukumat idoralari tomonidan «millatchi» degan tuhmat bilan qamoqqa hukm qilinib, Shimoliy Qozog'istonga jo'natiladi. Yozuvchi to'rt yildan ortiqroq vaqt mobaynida qamoqda g'oyat og'ir azoblarni boshidan kechiradi. Esda saqlang! 1940-yil - Mehrol ertak -doston; 1940-yil - Orzu va qasos doston; 1947-yil - Hayot nafasi she'riy to'plam; 1950-yil -Qardoshlar she'riy to'plam; 1947-1957-yil - Shinelli yillar roman. 1958-yil e'lon qilindi. 1961-yil - Sening sevging she'riy to'plam; 1964-yil - Ishqingda ...