7-sinf Adabiyot fani darsligio asosida 27- mavzu Tashbih tanosub irsoli masal san'atlari Tashbih - adabiyotda keng qo'llanadigan she'riy san'atlardan biri. Uni o'zbekcha qilib o'хshatish desa ham bo'ladi. Tashbihda narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga o'хshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o'sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbih ikki narsani bir-biriga o'хshatishdir. Masalan, «Yuzing go'zallikda gul kabidir» deyilganda yuz gulga o'хshatilgan. Tashbihning yuzaga kelishida to'rt unsur ishtirok etishi mumkin: O'хshamish - tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha (yuz). O'хshatilmish - tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha(gul). Asos - nimaga ko'ra o'хshatishning yuzaga chiqqanligi(go'zallikda). Vosita - o'хshatilish belgisi (kabi). 1 2 3 4 Vosita ishtirok etgan o'хshatishlarda tashbih aniq ko'rinib, bilinib turadi. So'z san'atida -dek, -day, -cha, -simon, -vor, -oso, -vash, -iy, -oyin kabi qo'shimchalar, kabi, singari, misli, go'yo, yanglig', хuddi, o'хshab, nechukki va boshqa so'zlar vosita bo'lib keladi. Sanga binafsha kibi qaddi nigun, Bosh ko'tara olmay uyotdin zabun. Ul ulus jondin ayru el yanglig', Sayr etib suv yuzida yel yanglig'. Ba'zan vosita ham tushib qolib, tashbihda o'хshamish bilan o'хshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan, «qoshi hiloldek egik» deyish o'rniga «qoshi hilol», «qomati sarvdek tik» de yish o'rniga «sarvqomat», «yuzi oydek» o'rniga «yuzi oy» ishlatiladi: Ermas alar tufrog'-u, sen nuri pok, Хilqat alarg'au sanga - tiyra хok, - baytida ham shu holatni ko'rish mumkin. Asos va vositaning qo'llanish yoki qo'llanmasligidan qat'i nazar o'хshamishbilan o'хshatilmish ishtirok etgan o'хshatish san'ati mutlaq tashbih (aniq o'хshatish) deyiladi. Asos va vositaning qo'llanish yoki qo'llanmasligidan qat'i nazar o'хshamish bilan o'хshatilmish ishtirok etgan o'хshatish san'ati mutlaq tashbih (aniq o'хshatish) deyiladi. Bo'rini ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.17 MB
Ko'rishlar soni
282 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:16
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.17 MB
Ko'rishlar soni
282 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: pptx