REJA: Zavqiyning hayoti va ijodiy faoliyati lirikasi; Zavqiy hajviyoti. Axli rasta hajvi. Zavqiy dostonlari. Xulosa. Ubaydulla usta Solih o'g'li Zavqiy 1853 yili Qo'qonning Shayhon (Daxmai bolo) hozirgi Zavqiyobod mahallasida kosib oilasida tug'ilgan. Uning otasi maxsido'z usta edi. Ubaydullo avval mahalla masjidi qoshidagi eski usul maktabida xat-savodini chiqargan, taxminan 1870-71 yillarda ilm ihlosmandi, tog'asi Muhammad Sodiq maslahati bilan Qo'qondagi «Madrasai oliy» da, keyin «Madrasai chalpak» da tahsil oladi. 1874 yili otasining oyoqlari shol bo'lib qolgach, Ubaydullo o'qishni tugatib, «Madrasi oliy» dagi xujrasida ota kasbi maxsido'zlik qilib, ro'zg'or tebratishga majbur bo'ladi. Ubaydullo talabalik yillarida tog'asi taqdim qilgan A.Navoiyning «Chor devon»ini, «Xamsa» sini mutoala qilib, unga ergashib she'r mashq qilar ekan. O'ziga Zavqiy deb tahallus tanlaydi. Bu davrda Qo'qonlik Muqimiy, Muhyi, Muxsiniy, Muxayyir, Rojiy, Qoriy, Asriy singari shoirlari ijodi xalq tiligatushib qolgan edi. Zavqiy ham ular davrasidan munosib o'rin oladi. Ularni mushoiralarida, adabiy suhbatlarida qatnashib turadi. Ba'zan ular ham to'planishib Zavqiyning madrasa xujrasiga joylashgan ustaxonasiga kelishib, xazil mutoyibaga boy she'rxonliklar qilib turganlar. Shunday «Mehmondorchiliklar» ning birida ustaxona eshigining ustiga Muqimiy: (dastxat) Bu Ubaydulloxonning kosxonasi, Usta Solix o'g'li do'kon xonasi. Ey birodari axli tamiz, Eski maxsiyu kovush tikamiz - deb yozib qo'ygan ekanlar. Zavqiy shu ijodkor to'da bilan birgalikda ijodiy kamolotga erishadi va xalq orasida shoir sifatida shuhrat qozonadi. Shoir bir muddat Qo'qondagi poyafzal rastasida ish yurituvchi bo'lib ishlaydi. 1890 yilda yana o'z kasbi maxsido'zlikka qaytadi. Qizg'in ijod bilan shug'ullanadi. Mana shu paytda uning ijodida hajvchilik paydo bo'ladi va tez rivoj topadi. 1898 yilda shoir hayotida ketma-ket baxtsizliklar bo'lib, avval shol bo'lib qolgan otadan, keyin ikki ukadan ayriladi. Xotini Toshbibi ikki ko'zi ko'r bo'lib o'tirib qoladi. Bu musibatlarni biroz yumshatish maqsadida shu yili Muqimiy bilan birga Andijon, so'ngra O'shga sayohat qiladi. Ular Andijonda do'sti shoir Qoriy Yusuf Muntazir, Bimiylar bilan uchrashadilar. Xuddi shu vaqtda Yikchi Eshon vaqeasi boshlanib qoladi. Shoirlar Yikchi Eshon qarorgohini va bu voqea bilan bog'liq bo'lgan boshqa joylarni borib ko'radilar. Ko'rganlarini Zavqiy «Hajvi Yikchi Eshon», Muqimiy esa «Hajvi Xalifai Mingtepa», «Qurbaqalar» hajviyalarida bayon qiladilar. Zavqiy tog'asi Muhammad Sodiq bilan birgalikda 1900 yil xaj safariga chiqadilar. Ular Kavkaz, Turkiya, Misr orqali Makkatulloga yetib boradilar. Safar uch yil davom etadi. Xaj safari Zavqiy ijodida haqiqatpeshalik tomon jiddiy o'sishni ta'minlaydi. Endilikda u o'z asarlarida xalqparvarlik g'oyasini ilgari suradi. Mavjud ijtimoiy tuzumdan nafratlanishi, farovon turmushga intilishi, ijtimoiy adolatsizlik jaholat va qoloqlikni la'natlash asosiy maqsadga aylanib qoladi. Zavqiy tomonidan 1906 yili savdo rastasidagi 46 nafar qallob savdogar hajv qilinib, gavjum saylgohlardan biri Mo'ymarakdagi bir terakka osib ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.74 MB
Ko'rishlar soni
258 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:51
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.74 MB
Ko'rishlar soni
258 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:51 ]
Arxiv ichida: pptx