8-sinf Adabiyot fanidan Alisher Navoiy tuyuqlari dars taqdimot

8-sinf Adabiyot fanidan Alisher Navoiy tuyuqlari dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Adabiyot fanidan Alisher Navoiy tuyuqlari dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

ALISHER NAVOIY TUYUQLAR 8-sinf adabiyot darsligi asosida 6-mavzu: TUYUQLAR Tuyuq haqida nazariy ma'lumotga egasiz. Uning sof turkiy she'riyatgagina xos janr ekanidan ham xabardorsiz. Mantiqan, turkiy she'riyatni haddi a'losida taraqqiy etti-rishni ko'zlab qalam tebratgan buyuk Alisher Navoiyning bu janrni chetlab o'tishi mumkin emasligini ham tasawur qilasiz, albatta. Shoir barcha tuyuqlarini bir yerga jamlab, «Badoye' ul-vasat» devoni tarkibiga kiritgan. Devondagi tuyuqlarning umumiy soni - 13 ta. «BORMOG'IN» TAJNISLI TUYUQ Necha dedim ul sanamg'a: «Bormog'in», Qilmadi ul tark oxir bormog'in. Munchakim xudroyliq ko'rguzdi ul, Aql hayrat qildi, tishlab bormog'in. Tuyuq shunday janrki, uning qofiyasida kelgan shaqlan bir xil so'zlar yoki so'zlar turkumining har satrda boshqa-boshqa ma'no anglatib kelishi kishida ajib bir zavq uyg'otadi. Ushbu tuyuqning 1- misrasi oxiridagi «bormog'in» so'zi hozirgi tilimizdagi «bormagin» ma'nosida kelgan («Necha bora u sanamga: «Bormagin», - dedim»). 2- misradagi «bormog'in»ni «bormog'ini» deb tushuni- shimiz kerak, satrdagi «oxir» so'zi esa «hech» ma'nosida ishlatilgan («U bormog'ini hech tark etmadi»). Demak, sanam lirik qahramonning gapiga kirmabdi. misrada sanamning qaysarligi («xudroyliq», ya'ni o'zboshimchalik qilgani) aytiladi («U shunchalik qaysarlik qildiki»). misradagi «bormog'in» so'zi «barmog'ini» degan ma'noda qo'llangan («Aql bundan hayratlanib, barmog'ini tishladi»). Tilimizda «barmoqni tishlamoq» degan ajoyib ibora bor. Odatda, iboraning ma'nosi bir so'zga teng kelishi ke­rak. Bu ibora «hayratlanmoq» degan ma'noning ta'sirchan ifodasi sifatida ishlatiladi. Ay on bo'lyaptiki, o'sha Navoiy yashagan XV asrda ham mazkur ibora mavjud ekan. Shuni ham o'quvchilarimizga eslatib ketishimiz kerakki, u davrdagi arab yozuviga asoslangan eski o'zbek alifbosida «bormagin», «bormog'in» va «barmog'in» so'z-lari aynan bir xil harflar bilan bitilgan. Shundan tajnis hosil qilingan. Shoirning yuksak badiiy mahorati shundaki, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.51 MB
Ko'rishlar soni 441 marta
Ko'chirishlar soni 54 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:18 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.51 MB
Ko'rishlar soni 441 marta
Ko'chirishlar soni 54 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga