8-sinf Adabiyot fanidan Alisher Navoiy mavzusida dars taqdimot

8-sinf Adabiyot fanidan Alisher Navoiy mavzusida dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Adabiyot fanidan Alisher Navoiy mavzusida dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

ALIShYeR NAVOIY (1441-1501) O'zbek adabiy tilining asoschisi, ulug' shoir va mutafakkir, yirik davlat arbobi va madaniyat homiysi Alisher Navoiy 1441-yilning 9 fevralida (hijriy hisob bilan 844 yil ramazon oyining 17 kuni) Hirot shahrining Bog'i Davlatxona degan joyida tug'ilgan. Alisherning otasi G'iyosiddin Muhammad «Kichkina Bahodir», «Kichik bahshi» laqablari bilan tanilgan bo'lib, temuriylar saroyida etiborli shaxslardan hisoblangan. Onasi Qobulning amirzodalaridan Shayx Abu Said Changning qizi edi. Alisherning ota-bobolari temuriylar bilan emikdosh bo'lganlar va hamma vaqt temuriylar hokimiyatini mustahkamlashga yordam berganlar. Shuning uchun ular doim temuriylarning hurmat va etiboriga sazovor bo'lganlar. Xurosonning bo'lajak hukmdori, istedodli shoir Husayn Boyqaro bilan Alisher Navoiy o'rtasidagi yaqin do'stlik va hamkorlikning ildizlari ham ota-bobolar o'rtasidagi ana shu yaqinlikka borib taqaladi. Alisher bolaligidanoq o'tkir zehni, fahm-farosati bilan o'z tengdoshlari orasida alohida ajralib turardi. U to'rt-besh yoshligidanoq sheriyatga muhabbat qo'yadi. Chunki sheriyat muxlislari, taniqli shoirlar Alisherlar xonadonida to'planishib, sherxonliklar qilib turar edilar. Qolaversa, yosh Alisherning tarbiyasida o'z zamonasining istedodli shoirlari bo'lmish tog'alari Mir Said Qobuliy va Muhammad Ali G'aribiylarning ta'siri katta bo'lgan. Alisher o'zi yashagan davr an'anasiga binoan boshlang'ich bilimlarni forscha manbalardan oldi. Chunki u davrlarda Saroy ahli fors-tojik tilini tan olib, turkiy tilni mensimas edi. Shu sababli Alisher maktabda Ganjaviy, Shayx Muslihiddin Sadiy, Hofiz Sheroziy, Farididdin Attor asarlarini o'qigan, Qosim Anvar g'azallarini yod olgan. Mir Shohiy, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi yirik fors-tojik shoir va olimlarining ijodi bilan tanishgan, ulardan ilhom olib, o'zi ham ijod qilishga kirishgan edi. G'azallarini dastlab fors-tojik tilida yaratgan Alisher ulg'aya borgan sayin o'z ona tilining boyligi hamda go'zalligini anglab, bevosita turkiy tilda sherlar yoza boshlaydi. O'n besh yoshlarda u ikki tilda (fors-tojik va turki y tillarda) ham asarlar yaratib, «zullisonayn» («ikki til egasi») shoir sifatida tanilib bo'lgan edi. Alisher turkiy tildagi sherlariga «Navoiy», fors-tojik tilida yozgan asarlariga «Foniy» taxalluslarini qo'ygan. Navoiyning zamondoshi tarixchi Xondamirning xabar berishicha, bir kuni keksa shoir Lutfiy yosh bola Alisherdan yangi yozgan sherlaridan o'qib berishni so'raydi. Alisher yozgan g'azallaridan birini o'qiydi. G'azalning birinchi bayti (matlasi) shunday edi: Orazin yopqoch ko'zimdin sochilur har lahza yosh, Bo'ylakim, paydo bo'lur yulduz, nihon bo'lg'och quyosh. Bu baytdan ta'sirlangan Lutfiy: «Agar mumkin bo'lsa edi, men o'zimning forsiy va turkiy tillarda bitgan o'n-o'n ikki ming misra sherimni shu bir g'azalga almashar edim», degan. Alisher otadan yosh etim qoladi. U ma'rifatparvar hukmdor Abulqosim Bobur qo'lida tarbiyalana boshlaydi. U o'n besh yoshidan boshlab Husayn Boyqaro bilan birga Abulqosim Bobur saroyida xizmat qila boshlaydi. 1456 yilda Abulqosim Bobur o'z davlatining poytaxtini Mashhadga ko'chiradi. Alisher bilan Husayn Boyqaro ham Mashhadga borishadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.87 MB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.87 MB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga