8-sinf Adabiyot fanidan Asqad Muxtor hayoti va ijodi dars taqdimot

8-sinf Adabiyot fanidan Asqad Muxtor hayoti va ijodi dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Adabiyot fanidan Asqad Muxtor hayoti va ijodi dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

8-sinf adabiyot darsligi asosida 17-mavzu: ASQAD MUXTOR (1920-1997) XX asr o'zbek she'riyati, nasri, tarjimachilik san'ati rivojida Asqad Muxtorning alohida xizmatlari bor. Adib 1920- yilning 23-dekabrida Farg'ona shahrida tug'ilgan. Jahon adabiyotining eng sara namunalarini puxta o'rgangan, badiiy ijodga juda jiddiy faoliyat turi sifatida qaragan bu adib o'zidan boy va ibratli adabiy meros qoldirdi. O'tgan asrning 50 - yillaridan boshlab Asqad Muxtor o'z ijodiy imkoniyatlarini prozaik janrlarda ham sinab ko'rishga kirishdi. Dastlabki kichik hikoyalardan so'ng, birin-ketin yozuvchining «Daryolar tutashgan joyda», «Qoraqalpoq qissasi», «Buxoroning jinko'chalari», «Bo'ronlarda bordek halovat», «Jar yoqasidagi chaqmoq», «Kumush tola» singari qissalari, «Opa-singillar», «Tug'ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu» nomli yirik romanlari yaratilib chop etildi. Bu asarlarning har biri o'zbek o'quvchisi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Bundan tashqari, Asqad Muxtorning bolalarga bag'ishlangan «Hayotga chaqiriq», «Dunyo bolalari» nomli hikoyalar to'plamlari ham nashr qilingan. «CHINOR» ROMANI HAQIDA Asqad Muxtor romanlari ichida, ayniqsa, «Chinor» asari muallifga katta shuhrat keltirgan. Bu asar o'ziga qadar yaratilgan o'zbek romanlaridan bir necha jihatlari bilan ajralib turadi. Avvalo, romanning kompozitsion tuzilishi - asar voqea-hodisalarining o'zaro shaqlan joylashuvi boshqa asarlardan keskin farq qiladi. Unda go'yo bir-biri bilan bog'larmiaydigan qator hikoyalar, rivoyatlar, hatto qissalar aralash tartibda kelaveradi. Ularda tasvirlangan voqea-hodisalar ham zamon, vaqt nuqtayi nazaridan izchil tizimga bo'ysunmaydi. Masalan, roman yaratilgan davr (o'tgan asrning 60- yillari) hodisalari hikoya qilib borilib, birdaniga asarning boshida yuz bergan fojialar tafsilotiga o'rin beriladi. Aytishimiz kerakki, bu «g'alatilik» faqat tashqi tomon-dan - yuzaki qaragandagina shundaydir. Aslida, romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz - 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.04 MB
Ko'rishlar soni 313 marta
Ko'chirishlar soni 42 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:18 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.04 MB
Ko'rishlar soni 313 marta
Ko'chirishlar soni 42 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga