MAQSUD SHAYXZODA (1908 -1967) 8-sinf adabiyot darsligi asosida 11-mavzu: Maqsud Shayxzoda nomi nafaqat o'zbek kitobxonlari, balki qardosh ozarboyjon o'quvchisi uchun ham ardoqli nomdir. Chunki iste'dodli shoir Ozarboyjon diyorida tug'ilib, ijodkor sifatida O'zbekistonda, o'zbeklar bag'rida ulg'aydi, atoqli qalam sohibi sifatida kamol topdi, o'zbek adabiyotining XX asrdagi ulkan namoyandasiga aylandi. Ikki xalqning farzandi bo'lmish Maqsud Ma'sum o'g'li Shayxzoda 1908-yilda Ozarboyjonning Agdash (Oqtosh) shahrida shifokor oilasida tug'ildi. Boshlang'ich va o'rta ma'lumotni o'zi tug'ilgan shahrida olgach, Boku Oliy pedagogika insti-tutiga sirtdan o'qishga kiradi. 1925- yildan boshlab Dar-banddagi 1-bosqich Ozarboyjon maktabida, Bo'ynoqdagi ta'lim va tarbiya texnikumida o'qituvchi bo'lib ishlaydi. 1927- yilda aksilinqilobiy tashkilot a'zosi sifatida qamoqqa olinib, 1928- yilning fevralida Toshkentga surgun qilinadi. Maqsud Shayxzoda Toshkentga kelgach, turli gazeta-jurnallarda adabiy xodim, 1935-1938- yillarda O'zbekiston Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938- yildan vafotiga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti)ning o'zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qildi. Shayxzoda o'zi e'tirof etganidek, hali savodi chiq-masidan she'r mashq qila boshlagan shoir. Biroq u o'zi-ning dastlabki ijod namunalarini 1929-yildan boshlab e'lon qila boshladi. O'ttizinchi yillarda shoirning «Loyiq soqchi», «0'n she'r», «Undoshlarim», «Uchinchi kitob», «Jumhuriyat», «0'n ikki», «Yangi devon», «Saylov qo'shiqlari» nomli she'riy to'plamlari nashr etiladi. Ushbu she'riy majmualar Maqsud Shayxzodani o'zbek adabiyotida o'z ovoziga ega bo'lgan katta iste'dod sifatida elga tanitdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Shayxzoda barcha o'zbek shoir va yozuvchilari qatori bor ijodiy salohiyatini fashizm ustidan g'alaba qozonishga qaratdi. Bu davr shoir ijodining yuqori darajaga ko'tarilgan, uni chinakam vatanparvar ijodkor ekanini namoyon qilgan davr bo'ldi. Insoniyatga ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
9.15 MB
Ko'rishlar soni
352 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
9.15 MB
Ko'rishlar soni
352 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx