8-sinf Muhammad Fuzuliy - rasmi

Material tavsifi

Fuzuliy Fuzuliyning hayoti va ijodiy faoliyati Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy SHarqning eng mashhur shoirlaridandir. U 1498 yilda Iroqning Karbalo shahrida tug'ilgan. Karbalo ham ancha mashhur yurt. Fuzuliy zamonasida mana shu dashti kabirda Karbalo degan shahar bo'lgan va buyuk shoir mana shu erda ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Bu shahar bilan shoir o'sib ulg'aygan Bag'dod orasi 85 chaqirim. Karbalo va Bag'dod atrofida ozarbayjonlar ko'plab yashaganlar. Fuzuliy lirikasining janr xususiyatlari va mavzu doirasi Fuzuliy ijodi boy va rang-barang bo'lib, ko'lami va qudratiga ko'ra birgina ozarbayjon adabiyoti emas, balki YAqin va O'rta SHarq xalqlari adabiyotida butun bir bosqichni tashkil qiladi. XVI asr turkiy she'riyatida unga qiyos etgulik ikkinchi shoirni topib bo'lmaydi. U, avvalo, zabardast lirik shoirdir. YUzlab ehtirosli g'azallar yozgan, devonlar tuzgan, turkiy she'rning buyuk Navoiydan keyin qadru e'tiborini yuksak sharaf va mas'uliyat bilan himoya eta olgan shoirdir. Fuzuliyning badiiy mahorati Mumtoz she'riyat poetikasi vazn va qofiya bilan bir qatorda, badiiy tasvir vositalari uyg'unligida shakllanadi[1]. Fuzuliy hayoti va ijodiga bag'ishlangan ishlarda uning shoirlik salohiyati, she'rlarining o'ziga xos xususiyatlari haqida ham u yoki bu darajada fikr yuritilgan bo'lsa-da, badiiy mahorati maxsus tadqiq etilmagan. Holbuki, SHarq mumtoz she'riyatining qator janrlarida o'z iste'dodini sinab ko'rgan Fuzuliy she'rlari shakl va mazmun jihatidan mukammalligi, badiiy san'atlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. [1] Qarang: Atoulloh Husayniy. Badoyi'u-s-sanoyi' (Aruz vazni va badiiy vositalar haqida)forchadan Alibek Rustamov tarjimasi. -Toshkent: Adabiyot va san'at, 1981; Ishoqov YO. So'z san'ati so'zligi. - Toshkent: Zarqalam, 2006; Rahmonov V. SHe'r san'atlari. -Toshkent: YOzuvchi, 2001; Hojiahmedov A. SHe'r san'atlarini bilasizmi ? - Toshkent: SHarq, 2001. . Fuzuliyning o'zbek adabiyotiga ta'siri Fuzuliy ijodi turkiy xalqlar adabiyoti taraqqiyotiga g'oyat katta ta'sir ko'rsatgan. Masalan, o'zbek she'riyatida undan ilhom olmagan biror shoirni topish qiyin. Uning nomi buyuk Navoiy nomi bilan hamisha yonma-yon kelgan. Haqiqatan ham, Fuzuliy devoni asrlar osha Navoiyniki bilan bir qatorda maktab-madrasalarda o'qitib kelingan. El orasida «Fuzuliyxonlik» davralari bo'lgan. SHoirlarimiz uning g'azallariga yuzlab, minglab muxammaslar bog'laganlar. Xattotlarimiz uning kitoblarini qayta-qayta ko'chirganlar. Fuzuliy va Qo'qon adabiy muhiti SHarq she'riyati, shu jumladan, O'rga Osiyo xalqlari poeziyasi o'tmish klassik adabiyotning barakali ta'siri ostida takomil topgandir. Xoh O'rta Osiyoda, xoh Eronda, xoh Hindistonda bo'lsin biror shoir ulug' sharq klassiklari Firdavsiy, Sa'diy, Hofiz, Navoiy, Bedil, Fuzuliy va boshqa mashhur so'z ustalariping maktabini o'tmay turib she'riyat maydoniga chiqmagan. Har bir ko'zga ko'ringan shoir ijodining kamolga etishuvida bu ustozlar ijodinipg samarali taьsiri ma'lum ahamiyagga ega bo'lgan. SHuning bilan birga har bir shoir u ustozlardan she'riyat ta'limini olar ekan, o'z ijodiy intilishlariga ko'ra yana ularning har biriga alohida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 13.6 MB
Ko'rishlar soni 366 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:04 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 13.6 MB
Ko'rishlar soni 366 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga