8-sinf Adabiyot fanidan Muhammad Yusuf hayoti va ijodi dars ishlanmasi va dars taqdimoti
O'zMU ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya 2-bosqich talabasi Nasriddinov Asrorbekning O'zbek tilining sohada qo'llanilishi fanidan tayyorlagan mustaqil ta'lim taqdimoti Mavzu : Muhammad Yusuf hayoti va ijodi Muhammad Yusuf Xalqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf 1954-yil 26- aprel kuni Andijon viloyati Marhamat tumani Qovunchi qishlog'ida tavallud topgan. U Yusuf ota va Enaxon ayalarning ikki o'g'il, uch qiz farzandlari ichida erka dilbandi bo'lib ulg'aygan. Noyob iste'dod sohibi bo'lmish Muhammad Yusuf bolalik chog'larida sho'x yigit bo'lib, ko'p narsalarga qiziqqan, yuragida muhabbat, tomirlarida oqayotgan qonning jo'shqinligi uning she'rlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Muhammad Yusuf bolalikdan ziyrak, juda qiziquvchan bo'lganligi bois ko'p kitoblarni sevib o'qigan va savollarga javob izlagan. Shu bilan birgalikda Muhammad Yusuf ochiqko'ngil va xayolparast bola bo'lib, she'riyat va adabiyotga mehri juda baland bo'lgan. Bunday mehrni uning qalbida buvijonisi Tursunxon ena uyg'otgan edi. Muhammad Yusuf garchi oddiy dehqon oilasida dunyoga kelgan bo'lsa-da, o'qish va ishlarida katta muvaffaqiyatlarga erishadi. 1973-yili o'rta maktabni a'lo baholarga tugatib, Reshetov nomidagi Rus tili va adabiyoti Institutiga o'qishga kiradi. 1978-80 - yillar oralig'ida harbiy xizmatni o'taydi va bu davrlar shoir uchun mashaqqatli va murakkab tajribali davr bo'ladi, shoir ko'nglida ,,Ona vatan'' tuyg'usi yanada alangalanadi. Shu tariqa shoirning keng qamrovli ijod faoliyati boshlanadi. Uning dastlabki she'rlari «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» ro'znomasida 1976-yilda chop etilgan edi. Muhammad Yusufning qalamiga mansub dastlabki kitob 1985-yil nashrdan chiqqan bo'lib, Tanish teraklar deb nomlanadi. U qisqa muddat ichida samimiy, xalq dilidan so'zlovchi, xalq kuychisi bo'lganligi bois xalq ko'nglidan qisqa fursat ichida joy ola biladi. Uning Iltijo,Bulbulga gapim bor(1987-y.), Uyqudagi qiz(1989-y.),Ko'ngilda bir yor,Ishq kemasi,Halima enam allalari(1991-y.), Yolg'onchi yor(1994-y.) Seni osmonimga olib ketaman(1998-y.),Erka kiyik,O'zingdan qo'ymasin xalqim(200-y.), Saylanma(2001-2004-yy.), Ulug'imsan vatanim,kitoblari chop etilib, ommaga taqdim qilingan. 1989 yilda esa «Uyqudagi qiz» nomli she'riy to'plami uchun unga Respublika Yoshlar mukofoti berildi. U yirik poetik janrlarga ham murojaat etib , Osmonning oxiri, Qora quyosh singari dostonlar yaratdi. Yurtimizning mustaqillikka erishgani Muhammad Yusuf ijodida yangi ufqlarni ochdi. Uning millat va yurt istiqboli sharafiga bitgan go'zal she'rlari o'zining samimiyligi , soddaligi , badiiy mukammalligi bilan millionlar qalbida aks sado berdi Shoirning Vatanim , Xalq bo'l , elim, Dunyo, Inshoolloh, O'zbekmomo, Iqror, Tilak singari she'rlari chinakam she'riyat yurtni qanday kuylamog'I lozimligini isbotlagan asarlar bo'lib qoldi. U rostgo'y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she'riyati butun ma'naviyatga to'la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo'shiq to'qiydimi yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she'rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og'zaki ijodiga hamohang ko'rinadi. Hech bir kitobxon yo'q-ki, ...