8-sinf Adabiyot fanidan Muhammad Yusuf she'riyati dars ishlanma va dars taqdimoti
8-sinf adabiyot darsligi asosida 26-mavzu: VATANIM Men dunyoni nima qildim, O'zing yorug' jahonim. O'zim xoqon, O'zim sulton, Sen taxti Sulaymonim. Yolg'izim, Yagonam deymi, Topingan kosxonam deymi, O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan, Vatanim Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi, Hamdard-u hamxonam deymi, Oftobdan ham o'zing mehri Ilig'imsan, Vatanim. Sen Mashrabsan, Xalqda tumor, Balxda dorga osilgan. Navoiysan, shoh yonida Faqirni duo qilgan. Yassaviysan, meniki deb, Ko'ringan da'vo qilgan, Ming bir yog'i ochilmagan Qo'rig'imsan, Vatanim. Sen Xo'jandsan, Chingizlarga Darvozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan. Muqannasan qorachig'i Olovlarga sachragan, Shiroqlami ko'rgan cho'pon: Cho'lig'imsan, Vatanim. Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin - Kurdistonda, Boburing - Hindistonda, Bu qanday yuz qarolik deb, Yotarlar zimistonda. Tarqab ketgan to'qson olti Urug'imsan, Vatanim O'g'lim, desang osmonlarga G'irot bo'lib uchgayman, Chambil yurtda Alpomishga Navkar bo'lib tushgayman, Padarkushdan pana qilib Ulug'beging quchgayman, G'ichir-g'ichir tishimdagi So'lig'imsan, Vatanim O'tgan kuning - o'tgan kundir, O'z boshingga yetgan kun, Qodiriyni bergan zamin, Qodiriyni sotgan kun. Qo'lin bog'lab, Dilin dog'lab, Yetaklashib ketgan kun, «Voh bolam!» - deb aytolmagan Dudug'imsan, Vatanim Sen - shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, Ota desam, o'g'lim deb, Bosh egib turgan chinorim, Qo'ynimdagi ifltixorim, Bo'ynimdagi tumorim, O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan, Vatanim! Muhammad Yusufhing bu she'ri asosida yaratilgan qo'shiqni eshitmagan, uni xonandaga jo'r bo'lib birga aytmagan yurtdoshimiz kam topiladi. Bastakor she'r matniga - mazmun-mohiyatiga shunchalar mos, ohangdosh musiqa topganki, go'yo shoir oldindan shu musiqani xirgoyi qilib ash'or bitganday. She'rdagi mazmun va ohang rivoji (dinamizmi) musiqada ikkinchi umrini boshlaydi, xonanda ovozi goh kuchayib, goh pasayib o'zbekning tarixiy ko'tarilish va tanazzul bosqichlarini ifoda etadi. Aslida, Vatan to'g'risidagi, yurtimiz tarixida o'tgan ulug'lar nomlarini birma-bir sanab, moziyda bo'lgan voqealarni eslab, ularga hamd-u sanolar aytish tarzida yozilgan she'rlarning soni boru sanog'i yo'q. Ularning deyarli barchasida Amir Temur, Manguberdi, Navoiy va Boburlar, Cho'lpon va Fitratlar, albatta, tilga olinadi, hammaga ma'lum sifat va o'xshatishlar orqali ular ulug'lanadi. Biroq nima uchun ularning ko'pchiligi Muhammad Yusuf she'ri singari mashhur bo'lmadi? Nega bu she'riy tizmalar millionlar ko'ngliga jonli his bo'lib ko'chib o'tmadi? Demak, Vatan to'g'risida kuylash ham har xil bo'lar ekanda. Bu she'r-u qo'shiqning ham samimiysi, yurakdan chiqib yurakka boradigani va aksincha ta'sir qiladigani bo'lar ekanda. Avvalgi darslarda Ozod Sharafiddinovning inson qalbidagi Vatan tuyg'usi, unga sadoqat hislariga bag'ishlangan «O'lsam, ayrilmasman quchoqlaringdan» maqolasi ustida bahs yuritganimiz esingizdami? Olim amalda emas, balki ko'proq og'izda «vatanparvarlik» qiladiganlardan ozurda ko'nglini to'kib solgandi o'z ma-qolasida. Boyagi she'rlarni ham «Vatan mavzusida ham yozib turish kerak, ...