8-sinf adabiyot darsligi asosida 8-mavzu: G'AZALLAR «ESHIT» RADIFLI G'AZAL NODIRA Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit, Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit. Dudi ohim shu'lasi husning dabiristonida Misrayi barjastadur, ey sarvi ozodim, eshit. Sarvi nozim, sendin ayru naxli ohim bo'ldi xam, Qomating hajrida sindi shoxi shamshodim, eshit. Har nechakim sabr ta'mirini bunyod ayladim, Ashk selobida vayron o'ldi obodim, eshit. Barcha yor-u oshnodin aylading begonalig', Necha kunlar bo'ldi, hargiz qilmading yodim, eshit. Kelki, bir soat seni ko'rmoq uchun mushtoqmen, Telba bo'ldim sendin ayru, ey parizodim, eshit. Nodira, bodi sabodin sanga irsol etgali Qildi insho bu g'azalni tab'i noshodim, eshit. Yetti baytdan iborat bu oshiqona g'azal o'zbek mum-toz she'riyati uchun an'anaviy bo'lgan ramali musam-mani mahzuf (yoki maqsur), ya'ni foilotun foilotun foi-lotun foilun (yoki foilori) vaznida bitilgan. Taqte'si: -V-- -V---V---V- (yoki - V ~). G'azaldagi beshinchi baytning birinchi misrasi «bego-nalig'» so'zi bilan tugagani, ya'ni oxirgi bo'g'in o'ta cho'ziq hijodan tashkil topgani uchun ramali musammani maqsur (-V - - V - - V - - V ~) vaznida bitilgan. G'azalda turkiy so'z («eshit») radifga olingan. Qofiya-dagi so'zlarning barchasi o'zbekcha egalik qo'shimchasi bilan kelgan forscha-tojikcha so'zlardan tashkil topgan (dodim - faryodim - ozodim - shamshodim - obodim - yodim - parizodim - noshodim). Lirik qahramon gapni to'g'ridan to'g'ri yorga muro-jaatdan boshlaydi. Ammo g'azalning boshidan oxirigacha biror joyda «yor» so'zi ishlatilmaydi. Chunki oshiq ma'shuqqa «ey salotin sarvari» («ey podshohlar podsho-hi», 1- bayt), «ey sarvi ozodim» («ey sarv daraxtidek tik qomatligim», 2- bayt), «sarvi nozim» («mag'rur turadigan tik qomatligim», 3- bayt), «ey parizodim» («ey parilar avlodidan bo'lganim», 6- bayt) undalmalari bilan murojaat qiladi. To'rt baytda bunday undalmalarning kelishi g'azalning o'ziga xos uslubidan dalolat beradi. Bulardan tashqari, lirik qahramon yorni «shah»ga, o'zini «benavo»ga o'xshatadi ham (matla). Shu ifodalardan ham ko'rinib turibdiki, g'azal zimdan Nodiraning umr yo'ldoshi - Amir Umarxon (Amiriy)ga bag'ishlangan. Lekin bu ochiq-oydin oshkor qilinmagan. Bunda adabiyotning adabiyotligi, shoiraning badiiy maho-rati namoyon bo'lgan. Ya'ni she'r an'anaviy, ya'ni oshiq-ning yor sog'inchi ifodalangan ishqiy g'azal tarzida qabul qilinaveradi. G'azalda tazod san'atining go'zal namunalari ham uchraydi. Matladagi «shah» bilan «benavo» (muhtoj, bechora), 3- baytdagi «sarvi noz» bilan «xam» (egilgan), 4- baytdagi «vayron» (buzilgan) bilan «obod», 5- baytdagi «oshno» (tanish) bilan «begona», 5- va 6- baytlarda kelgan «necha kunlar» bilan «bir soat» o'rtasida yuzaga chiqqan ajib bir qarama-qarshilik fikrni kuchaytirishga, oshiq hola-tini yanada aniqroq tasvirlashga xizmat qilgan. G'azaldagi baytlar ma'no-mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin: Ey podshohlar podshohi, arz qilib, (oldingga) keldim, ar-zimni eshit, Sen shohsan-u, men ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
8.98 MB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:25
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
8.98 MB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:25 ]
Arxiv ichida: ppt