8-sinf Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi

8-sinf Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

OZOD SHARAFIDDINOV (1929-2005) 8-sinf adabiyot darsligi asosida 19-mavzu: Ozod Sharafiddinov 1929- yilning 1-martida Qo'qon shahri yaqinidagi Oxunqaynar qishlog'ida tavallud topdi. U Toshkent shahrida o'rta maktabni tugallab, O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti) ga o'qishga kiradi va 1951- yilda uni muvaffaqiyatli yakunlaydi. Yosh olimning 1962- yilda chop etilgan «Zamon. Qalb. Poeziya» nomli dastlabki kitobiyoq o'zbek adabiyotshunosligiga juda o'ktam bir ovoz kirib kelayotganidan darak bergandi. Shundan so'ng e'lon qilingan «Adabiy etyudlar», «Yalovbardorlar», «Iste'dod jilolari», «Birinchi mo'jiza», «Talant - xalq mulki», «Adabiyot - hayot darsligi», «Hayot bilan hamnafas», «Go'zallik izlab» singari o'nlab kitoblarida O. Sharafiddinov o'zbek adabiyoti durdonalarini mohir zargar singari sinchiklab tahlil etdi. Hali el nazariga tushmagan o'nlab iste'dodlarni kashf qildi. Ozod Sharafiddinovning ko'plab maqolalari adabiy jamoatchilik orasida birdan og'izga tushar, turli katta-kichik davralarning munozara mavzusiga aylanardi. Ayniqsa, boshqalar nomini tilga olishga ham cho'chigan Cho'lpon, Fitrat singari ijodkorlar to'g'risida yozgan maqolalari, e'lon qilgan kitoblari adabiyot ixlosmandlaridagina emas, umumomma orasida ham katta shov-shuvlarga sabab bo'lgandi. (1968-yili O. Sharafiddinov muharrirlik qilgan «Tirik satrlar» nomli to'plam hamma yerdan yig'ishtirib olingandi.) 1991- yilda yurtimizning mustaqillikka erishgani Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodiga yangi nafas bahsh etdi. Mazkur kitoblardan, shuningdek, Ozod Sharafiddinovning hayot va tiriklikning mazmun-mohiyati, inson umrini qanday o'tkazishi lozimligi to'g'ri-sidagi chuqur mushohadalarga boy falsafiy maqolalari, hozirgi globallashayotgan dunyoning og'riqli muammolari borasidagi teran mulohazalari ham o'rin olgan. Ozod Sharafiddinov dunyo adabiyotining o'nlab durdona asarlarini, yuzlab donishmandlarning ilmiy-falsafiy maqolalarini ona tilimizga mohirona tarjima qildi. Ellik yil sho'ro hukumatiga, uning aldamchi partiyasiga sidqi-dildan xizmat qilib, evaziga ozgina insoniy mehr va e'tibor ko'rmay, «alam va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 14.95 MB
Ko'rishlar soni 273 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:22 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 14.95 MB
Ko'rishlar soni 273 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga