8-sinf Adabiyot fanidan Said Ahmad - Qochoq dars taqdimot

8-sinf Adabiyot fanidan Said Ahmad - Qochoq dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Adabiyot fanidan Said Ahmad - Qochoq dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

8-sinf adabiyot darsligi asosida 16-mavzu: Baxtiyor odam hammani o'ziga o'xshatadi. Ikromjon hozir shunday kayfiyatda edi. Yor-birodarlari oldida yuzi yorug' bo'ldi. Vatan uchun qilgan xizmatlari oliy mukofot bilan taqdirlandi. U bu mukofotni o'z qishlog'ida, birga mehnat qil­gan, birga ter to'kkan jo'ralari oldida ko'kragiga taqdi. Hozir uning ko'ziga boshqalar ham xuddi shunday baxtiyor, shunday shod tuyulardi. Hali majlisda qandaydir yaramas bir bola to'g'risida gap bo'ldi. U yaramas bola armiyadan qochgan. Qishlog'ini, ota-onasini xijolatga qo'ygan. Negadir Ikromjon bunga uncha parvo qilmadi. Bu gaplarning unga mutlaqo aloqasi yo'q. U taqdirlangan, zoye kyetmagan mehnatlarining gashti bilan mast edi. Klubdan chiqqan kishilar to'da-to'da bo'lib simyog'och tagida gaplashib turishibdi. Xotin-xalaj allaqachon tarqab ketgan. Tog'a harbiy komissarlikdan kelgan leytenant biIan pachag'i chiqqan qora «Emka» mashinasi oldida nimanidir shivir-shivir gaplashib turibdi. Ikromjon ularning gapiga xalal bermaslik uchun yonlaridan tez o'tib ketdi. U hozir samovarga kirib bitta choy ichmoqchi. Klub ichi dim bo'lib ketganidan terlab, chan-qagan edi. Sholcha yozilmagan yaydoq so'rida choy ichib o'tirganlar oldidan o'tib ichkariga kirayotgan edi, g'alati bir gap eshitib to'xtadi. Deraza tarafga qarab o'tirgan yigit nimadir deyapti. Ikromjon tarafga qarab o'tirgan keksaroq kishi unga yuz-ko'zi bilan qandaydir ishora qildi. Ikromjon qishloqqa ketdi. Endi tushlik paytida ham o'g'liga ovqat olib borsa bo'ladi. Hamma shudgorga chiqib ketgan. Chodirlar oldida hech kim yo'q. Jannat xola shoshib un chalib quymoq soldi-da, boltani qo'liga olib, to'qayga qarab ketdi. Tursunboy qamish kapa oldida tizzasini quchoqlab darvesh qiyofasida o'tirardi. U turgan joyga odam qadami yetmagan edi. U ko'pdan beri birov bilan gaplashmagan, dunyoda ni-malar bo'layotganidan bexabar edi. Sovun tegmagan betlari kir, ham ko'rpa, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 15.76 MB
Ko'rishlar soni 598 marta
Ko'chirishlar soni 142 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:22 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 15.76 MB
Ko'rishlar soni 598 marta
Ko'chirishlar soni 142 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga