8-sinf adabiyot darsligi asosida 24-mavzu: U o'zi ham o'lishi mumkinligini o'ylamasdi. U o'ldirishni hayvonlarni, parrandalarni, xullas, Olatog'da ov qilishga arzirli o'lja borki, u qo'liga miltiqni olishi bilan o'zi anglamagan holda, ulardan nimanidir otish - o'ldirishni o'ylardi. Ba'zan, masalan, kiyik oviga ketayotgan bo'lsa, yo'lida duch kelgan kaklik, chillarni ham ayamasdi. Zag'izg'on-u cho'pon aldag'ich qushi uchrasa ham tirik qo'ymasdi. Mabodo ovdan qo'li quruq qaytsa - bunday voqea juda kam bo'lardi - u bamisoli otasi o'lgandek aza tutar, qovog'i ochilmas, shunda xotini ham ko'ziga yomon ko'rinib, bechora biron-bir yetishmovchilikdan zorlansa, u: «Jonga tegding-ku sen ham! » deya miltiqni qo'lga olardi U odam otmagan, biroq undan ko'plar qo'rqishardi, uni yolg'iz uchratganda xushomad qilishar, gavjum joylarda unga yaltoqlanib ovi baror olib turganmi ekanini so'rashardi. Omon sovuqqonlik bilan qisqa javoblar berardi. Uning otasi Rahmon polvon qirq yoshida ham kurash-da yiqilmagan, keyin bir o'rta yashar o'rtacha polvon bir qoqmada yiqitib qo'yganida - dardi shunchalikki, omborga bo'yra to'shab, ustidan suv sepib, unga bag'rini berib yota-yota oldin yo'talni orttirib, keyin qon qusa-qusa o'lib ketgandi. U kishi Omonga o'n uch yasharligida, «indamas» miltiq - melkokolibr miltig'i olib bergan, Omon birotar ov miltig'ida emas, shunda qush otishni o'rgangan, shu tariqa o'tkir mergan bo'lib yetishgan edi: u bolalikdan yowoyi qush-u yowoyi hayvonlar otish va yeyish uchun yaratilgan deb o'ylar, har qanday ovchida ham ma'lum bir yoshda paydo bo'ladigan rahmdillik unda hamon uyg'onmas, chamasi, uning yuragi ham baquwat ko'kragidek qattiq ediki, buning sababini ehtimol uning otasiga xos jihatlardan izlash mumkin. U harbiydan qaytgan yili otasi qazo qilib, Omon uning ishini oldi: qishloqchaga tutash ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.44 MB
Ko'rishlar soni
632 marta
Ko'chirishlar soni
152 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:23
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.44 MB
Ko'rishlar soni
632 marta
Ko'chirishlar soni
152 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: ppt