8-sinf adabiyot darsligi asosida 22-mavzu: ARMON Bobomning orzulari amalga oshmas bo'lsa, Yurgan yo'limda o'lan, qo'shiq qalashmas bo'lsa, Qo'shiqlarim bog'lardan, tog'lardan oshmas bo'lsa, El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo'lsa, Ko'nglimda armon yotar Cho'kib qolgan nor misol. Bemavrid xeshlarimning ko'zlarida yosh ko'rsam, Bir mard bilan nopokning taqdirin tutash ko'rsam, Qaysi bir begunohni keng yo'lda adash ko'rsam, Bir betayin kimsaning oyog'ida bosh ko'rsam, Ko'nglimda armon yotar Terskaydagi qor misol. Aro yo'lda qolguday bo'lsa biror yo'ldoshim, Manzilga yetmay turib, qoqilsa qayg'udoshim, Muhtoj bo'lsa kimgadir, jon ayamas qurdoshim, Badkor degan nom olsa biror bir vatandoshim, Ko'nglimda armon yotar Ulab bo'lmas tor misol. Gulzorni alaf bossa, zog' bossa bog'bon turib, Muallaq qolsa kimdir, yer turib, osmon turib, Bir gazanda toptasa, tuproqni posbon turib, Bir yo'rtoq yo'l boshlasa, qudratli karvon turib, Ko'nglimda armon yotar Buzilgan ro'zg'or misol. Tuyg'u va tushunchalarni har bir odam o'zicha - o'z darajasi, ehtiyojidan kelib chiqib anglaydi, talqin qiladi. Masalan, kimningdir o'zini baxtli hisoblashi uchun unchalik ko'p narsa kerak emas. Boshqalarning havasini kel-tiradigan hovli-joy, betashvish yashashni ta'minlaydigan mol-dunyo bunday odamlar uchun baxt manbasi hisoblanadi. Boshqa bir odam uchun esa bu narsalarning bari bor-yo'g'i qulay yashash sharoitidan boshqa narsa emas. To'ra Sulaymonning lirik qahramoni bu tushunchaga juda jiddiy talab bilan yondashadi. Uning ko'nglini hayotning mayda-chuyda hoy-u havaslari, o'tkinchi manfaatlari armonga to'ldirolmaydi. Bu lirik qahramon o'ziga hayotda nihoyatda katta talablar qo'yadi. O'sha talablarga loyiq bo'lolmaslik uni havotirga soladi, cho'chisa shundan cho'chiydi. She'rning har bir misrasida faqat lirik qahramon taqdiriga emas, balki xalqi va insoniyat taqdiriga daxldor muammolarni bu qahramon o'z muammolari deb bilishi ochila boradi. Keling, shu katta armonga sabab bo'ladigan holatlarning ayrimlariga to'xtalaylik: «El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo'lsa» Shu birgina misrada bir necha ma'no nazarda tutilayotganiga e'tibor beraylik. Xo'sh, shoirga el-yurt baxtini kuylash qachon yoki nega yarashmaydi? agar el-yurt aslida baxtsiz bo'lsa-yu, uni «baxtli» deya kuylash chinakam shoirga yarashmaydi; agar o'zini shoirman deb yurgan odam el-yurt baxtini samimiy, isxonarli va ta'sirli kuylay olmasa - bu ham yarashiqsiz qiliqdir; agar shoir el-yurt baxtini kuylashni oddiy maddohlik deb o'ylab, o'ziga ep ko'rmasa, bu - ijodkor samimiyatidan emas, balki takabburligidan nisxonadir; agar shoir o'z ijodida nuqul muammobozlik, hasrat bilan shug'ullanib, baxt qo'shiqlarini kuylashdan qolgan bo'lsa Endi mana bu misraga diqqat qilaylik: «Muallaq qolsa kimdir, yer turib, osmon turib» Matndan olib qaraganda, «yer turib» tayanchsiz - muallaq qolishni tasavvur qilish va qoralash mumkin. Zamindan oyog'i uzilgan - kibr zabtiga olib xalqdan uzoqlash-gan, bosar-tusarini bilmay «uchib yurgan» kimsalar aks ettirilgan bu holat hammaga tanish. Lekin nima uchun shoir ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.01 MB
Ko'rishlar soni
320 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.01 MB
Ko'rishlar soni
320 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:42 ]
Arxiv ichida: pptx