8-sinf adabiyot darsligi asosida 14-mavzu: USMON NOSIR NIL VA RIM (Tarix kitobidan) 1 Lampam yonur Yaralangan qanotday og'ir O'y bosadi. Yuragimda go'yo sel yog'ir. Qiynalaman. Tirishaman. Hushim parishon O'tmish, hozir va kelajak ko'rinur har on. Tirishaman, butun kuchim ko'zimga kelar, Chirog'imga parvonadek urinar yillar -To'rt atrofim to'lib ketar kuygan qanotga Xayolimda: katta sahro, men minib otga - Shamoldan tez, bulutlardan yengil chopaman; Kuyib tushgan har qanotdan bir jon topaman. Termilaman o'lik ko'zga (nega qo'rqayin?). Barchasidan o'yib olib ko'zining oyin -Termilaman: qichqiradi yillar, odamlar, Eshitilar menga ular bosgan qadamlar 2 Sariq qumlar orasidan qon rangli quyosh - Ko'tarilar. Nil oqadir - qullar to'kkan yosh. Faryodlarga chidolmaydi yer bilan osmon, Ro qayerda? Azirisa? Qiynaydi Tifon1! Kimga yig'lab, kimdan madad kutsin bemor qui? Erki qulfdir, hayoti qulf, bor Xudolar qulf! Kosasida suv yo'q, quruq xaltasi: non yo'q! Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo'q. Ko'zida ko'z yo'q, belida bel yo'q, hayhot! Fir'avn uni chumoliday ezadi: voy dod! Fir'avnning hukmi qattiq, fir'avn - xo'jayin, Xudolarga u manzurdir, hayoti tayin. Neki qilsa, o'zi bilur, o'zi hukmron, Misr bo'ylab Nil oqadur - «qullar to'kkan qon!» 3 To Minisdan Ramzesgacha, Ramzesdan nari «Malika qiz» - Kleopatra hukmron davri. Undan tortib yana uzoq, yana ko'p yillar Xarsang bilan yotqizilgan necha ming yo'llar. Ko'zyoshidan, dil toshidan qurilgan haykal Mag'mr turar, mag'rur boqar; hech biron mahal Na odamdan, na zamondan qo'rqmas asti u. G'azabini yutib o'lgan qullar dasti bu! Qullar (Menman u qullarning o'lmas avlodi, Mana menman, u qullarning hech so'nmas yodi, Mana menman, falaklarga lov-lov o't qo'yib, Otalarimning boshidan poydevor uyib, Ozodligim obidasin qurgan insonman! O'sha jonman, o'sha qonman va o'sha shonman!) 4 Otim uchar (xayolimda) oldinga doim, Awal bahor osmonidek yig'lar gado Rim O'lim yaxshi, odam agar shunday xor bo'lsa! Bir parcha non nima o'zi! Shunga zor bo'lsa! Nahot, chaqmoq yondirmaydi butun ochunni? Kul gardiday umr - tog'day kulfat uchunmi? Javob bergin menga, zakki qadimgi Homer, Ko'zyoshi-yu qonga rostdan tashnami bu - yer? Qo'y, yaxshi chol! Ko'nglim to'ldi, gaplashamiz so'ng, Bu nimasi? Eshitasanmi, og'ir, hazin mung? Hamon yig'lar yalang'och Rim, hamon dil ezar, Hamon tilla qadahda qon ichar Sezar! 5 Rim ustida shamsiyadek tumanli osmon, Katta sirkka sig'ishmasdan qaynar olomon: «Odam bilan hayvon o'yin ko'rsatar emish» (Bunday qiliq bizning uchun qandayin erish!) Tishlarini irjaytirib bo'kirgan yo'lbars To'rt tarafga tashlanadi, talpinib lars-lars. Och ko'zlari qonga to'lgan, sakrab o'ynaydi O, bechora, qoch! U seni tirik qo'ymaydi! Ana! Ana, tirnog'ini nishlab kelar u, Changal soldi! Xalq o'rnidan birdan turdi duv Chapak chaldi. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.8 MB
Ko'rishlar soni
375 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:44
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.8 MB
Ko'rishlar soni
375 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:44 ]
Arxiv ichida: ppt