9-sinf Adabiyot fanidan Abdulla Oripov hayoti va ijodi dars taqdimoti va dars ishlanmasi
Mavzu : Abdulla Oripov hayot - ijodi. Qabul qildi: Abdulla Oripov O'zbekistonning XX asrda yetishib chiqgan eng mashhur va zabardast shoirlardan biridir. Bu izzat ikromga u hozirgacha yigirmadan ortiq tilga tarjima qilinib, xalqaro miqyosda e'tirof etilgan badiy asarlari, jamoat va davlat arbobi sifatida faoliyati, istiqlol yo'lidagi fidoiyyligi va jonbozligi tufayli erishdi. Abdulla Oripov o'zbek adabyotini ko'pdan - ko'p lirik she'rlari, Hakim va ajal, Ranjkom kabi dostonlari, Jannatga yo'l, dramatik dostoni, Sohibqiron she'riy drammasi, qator publitistik maqolalari bilan boyitdi. Dantening Ilohiy komediyadek shoh asarini, Pushkin, Shevchenko Charens she'rlarini o'zbek tiliga o'girdi. Talabalik yillarida yozgan she'rlari bilannoq katta shuhrat qozongan shoir o'tgan qirq besh yillik ijodi davomida qirqdan ortiq kitobini e'lon qildi. 2001 - yilda uning to'rt jildlik tanlangan asarlari bosilib chiqdi. U O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbari, Oliy Majlis noibi, markaziy osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi raisi muovini sifatida el - yurt, adabyot va madaniyat xizmatiga kamarbasta bo'lib kelmoqda. A. Oripov xalqimizning ardoqli farzandi O'zb Qahramoni Mustaqil O'zbekiston madhiyasi matnini muallifi Abdulla Oripov. Vatan oldidagi xizmatlari uchun shoir qator orden - me'dallar, O'zbekiston xalq shoirifaxriy unvoni bilan mukofotlandi. Abdulla oripov - asosan, lirik shoir. Yurtning go'zal manzaralari, tarixi, buguni, asl farzandlari, sevinchlariyu - armonlari, o'kinchi umidlar, sevgi va muhabbat kuylangan Abdulla Oripov she'rlari o'zbek lirikasini yangi bosqichlarga ko'tardi. Umuman chuqur falsafiylik, teran purma'nolik, isyonkor dardmanlik, fikriy serqtlamlik A. Oripovning dastlabki - Mitti yulduz (1965 - y.) to'plamdagi she'rlaridan tortib, XXI asr tongida istiqlolni ulug'layotgan she'rlariyu dramatik dostonlari, She'riy dramalarigacha bo'lgan asarlari uchun xos xususiyatdi. O'zbekman (200) nomli she'rida A. Oripov Zuvalam qorilgan samimiyatdan degan fikri alohida bir ahamyat bilan ta'kidlaydi. Elning fe'lidagi, shoirning o'z tabiatidagi mana shu samimiyat uning she'rlarida alohida bir iqlim sifatida balqib turadi va izhor etilayotgan tuyg'ulardagi tabiylik, lirik qahramon bag'rida shiddatlanayotgan ehtiros, maqsad taniqligi, fikriy teranlik bilan chirmashgan holda poetic mukammalikni yuzaga keltiradi. Poetik tahlil pishiqligi va badiylikni ta'minlovchi vositalari uyg'unligiga shoir alohida e'tabor berishini ta'kidlamoq zarur. Va buni mana shu she'riy satr bilan ifodalaydi. Hamma narsa o'tadi, mansab, shonu shavkat ham, Shirindan shirin qolur, taxldan esa qolur taxl. Bir kuni tuproq bo'lur tengsiz shamsi tal'at ham, Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. Gohida ko'zda yoshu gohida xandon bo'ldik , Gohida bolg'a bo'lsak, gohida sandon bo'ldik. Axiri kulib tole, sohibi davron bo'ldik, Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. Abdulla Oripov she'rlarining intonatsiyasi, ayniqsa, betakror. Bu intonatsiya asarning fikriy va hissiy mazmunidan kelib chiqadi va yana qaytib ularning o'zini kuchaytirishga hazmat qiladi. She'r bag'rida kechayotgan jarayonga mutanosib ravishda ohang goh ...