9-sinf G'azalda Badiiy tasvir vositasining o'rni

9-sinf G'azalda Badiiy tasvir vositasining o'rni

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf G'azalda Badiiy tasvir vositasining o'rni - rasmi

Material tavsifi

9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 11-mavzu G'AZALDA BADIIY TASVIR VOSITASINING O'RNI Mumtoz adabiyotshunoslik uch qismdan iborat aruz ilmi qofiya ilmi badi yat ilmi Aruz she'rning vazni (o'lchovi) haqida, ikkinchisi qofiya tuzilishi, ahamiyati, unsurlariga ko'ra turlari to'g'risidagi bo'lsa, oxirgisi ilmi badi' deb ham ataladi. Ilmi badi' arabcha birikma bo'lib, chiroyli so'zlash, nodir, ajoyib ifoda ilmi degani. Badiiy tasvir vositalarining she'r badiiyatini ta'minlashdagi o'rnini tu shunish uchun Atoyi g'azallariga murojaat qilamiz: Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyottin anjumanda. Yana bir holat. Dunyoda qizil gul paydo bo'lishiga mazkur baytda aytilganidek, oshiqning chamanda ma'shuqa ta'rifini qilishiga aloqasi bormi? Yo'q, albatta. Aslida, bu go'zalgacha ham chamanzorda qizil gullar bor edi. Shoir esa men sevgilimning ta'rifini ovoza qilganimdan keyin gulning uyalishidan borliqda qizil gul paydo bo'ldi deydi. Yo'q joydan shoirona lutf bilan aloqadorlik tiklangan. Bu kabi bir narsa (tasvir, holat)ni unga aloqasi bo'lmagan boshqa narsa bilan izohlash husni ta'lil (chiroyli dalillash) deyiladi. Tamanno qilg'ali la'lingni ko'nglum, Kishi bilmas onikim, qoldi qanda? Avvalo, lug'at yordamida notanish so'zlar ma'nosi aniqlab olinadi: tamanno qilmoq - orzu qilmoq; la'l - lab, la'lning o'zi qimmatbaho qizil toshdir; qanda - qayerda. Misralardagi gap bo'laklarini odatdagi tartibga keltiramiz: Ko'nglim la'l kabi qizil labingni orzu qilgan edi, (lekin hech bir) kishi labingning qayerda ekanligini bilmaydi. O'ylang-chi, shoir ma'shuqaning labi qayerda ekanligini hech kim bilmasligini aytish bilan nima demoqchi bo'lyapti? Sharq mumtoz she'riyatida noziklik - go'zallikning belgisi. Bu baytda Yorning og'zi juda ham tor, - degan oddiygina fikr bildirilayapti. Lekin Atoyi uni shoirona tarzda yorning og'zi shu qadar kichikki, kishi har qancha tikilsa ham, labi qayerdaligini topa olmaydi shaklida ifodalamoqda. Yorning og'zi tor degan ma'no bo'rttirib, o'ta kuchaytirib berilmoqda. Adabiyotshunoslikda juda bo'rttirish yoki o'ta kuchaytirib tasvirlash mubolag'a deyiladi. Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bu kun Ya'qubtek baytul hazanda. Rivoyatga ko'ra, Yoqub payg'ambarning o'n bir o'g'li bo'lib, kenja o'g'li husnda tengsiz Yusufni jonidan ortiq suyar, bir dam bo'lsa ham oldidan jildirgisi kelmas ekan. Otasining Yusufni o'zlaridan ortiq ko'rayotganiga hasad qilgan o'gay akalari uni o'yna tib kelamiz deb dashtga olib chiqishadi va uni o'ldirish maqsadida quduqqa tashlab yuboradilar. Ukalarining yechib olingan ko'ylagini qonga botirib, otalariga: Yusufni bo'ri yeb ketdi, - deb ko'rsatadilar. Yoqub alayhissalom o'g'li qaytib kelguncha necha yillar davomi da ayriliq tufayli kecha-kunduz qon yig'laydi. Demak, shoir: Ey yor, o'zingni yiroq qilib, meni ayriliqda qiynamagin, - degan fikrni ifodalash uchun Yoqub va Yusuf alayhissalom haqidagi rivoyatga ishora qilmoqda. She'riyatda tarixiy voqea va shaxslar, adabiy qahramonlarga ishora qilish talmeh (arabcha nazar solmoq) san'ati deb yuritiladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.84 MB
Ko'rishlar soni 568 marta
Ko'chirishlar soni 110 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:04 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.84 MB
Ko'rishlar soni 568 marta
Ko'chirishlar soni 110 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga