9-sinf Adabiyot fanidan Imom al-Buxoriy hadislaridan namunalar dars taqdimoti

9-sinf Adabiyot fanidan Imom al-Buxoriy hadislaridan namunalar dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Adabiyot fanidan Imom al-Buxoriy hadislaridan namunalar dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

9-sinf Adabiyot fanidan Imom Al Buxoriy - Hadislardan namunalar mavzusida dars taqdimot

9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 13-mavzu HADISLARDAN NAMUNALAR IMOM AL-BUXORIY ONANI ROZI QILISH HAQIDA Bahz ibn Hakim raziyallohu anhu (r.a.) otasi va bobosidan rivoyat qildi, bobosi aytdi: Rasulullohdan: Ey Rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bo'ladi? - deb so'radim. Onangga, dedilar. Men shu savolimni uch marotaba qaytarsam ham, Rasululloh: Onangga, - deyaverdilar. To'rtinchi marotaba so'raganimda: Otangga va yaqin bo'lgan qarindoshlaringga, - dedilar. OTA-ONA HAQINI ADO QILISH HAQIDA Abu Muso Ash'ariy (r.a.)ning o'g'li Abu Burda (r.a.)ning aytishlaricha, Abdulloh ibn Umar (r.a.) bir yamanlik odam o'z onasini opichlab, xonayi Ka'bani tavof qildirib yurganini ko'rdilar. U odam quyidagi baytni ohang bilan o'qirdi: Onayi zorim uchun bo'ynimni eggan tevaman, Tevaga mingan onam horsalar ham men charchamam. U shuni o'qib turib Abdullohga qaradi-da: Ey Abdulloh ibn Umar, mana shu xizmatim bilan men onamning haqini ado qila olma dimmi? - deb so'radi. Yo'q, bu xizmating seni tug'ish vaqtida onangni qiynab tutgan to'lg'oqlarining bittasiga ham barobar emas, - dedi. Keyin Abdulloh ibn Umar (r.a.) xonayi Ka'bani tavof qildilar va maqomi Ibrohimga borib, ikki rakaat namoz o'qib olib, menga qarab: Ey, Abu Muso Ash'ariyning o'g'li! Mana shu yerda o'qiladigan ikki rakaat namoz o'zidan ilgarigi gunohlarga kafforat bo'ladi, - dedilar. ODAM OTA-ONASINI HAQORAT QILMAYDI Abdulloh ibn Amri rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam (s.a.v.): Odam qiladirgan gunohi azimlardan biri - ota-onasini haqorat qilmoqdir! - dedilar. Shunda: Yo Rasululloh, odam o'z ota-onasini qanday qilib haqorat qilmog'i mumkin? - de yishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: Birovning ota-onasini so'kkan odam o'z ota-onasini haqorat qilgan bo'lur, - deb javob qil dilar. QARINDOSH-URUG'LARIGA MEHR-OQIBATLI ODAMNING RIZQI ULUG' BO'LMOG'I HAQIDA Abu Hurayra raziyallohu anhu: Men Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning Kimki rizqim ulug', umrim uzoq bo'lsin desa, qarindosh-urug'lariga mehr-oqibatli bo'lsin! deganlarini eshitganmen, - deydilar. MAST QILUVCHI ICHIMLIKLAR HAQIDA Ibn Umar raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: Har bir mast qiladigan narsa xamrdir va har bir mast qiladigan narsa haromdir. Kim dunyoda xamr ichsa va vafot etsa va u unga mukkasidan ketgan bo'lsa, oxiratda ichmaydi. * * * Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: Kimki bu dunyoda mast qilguvchi ichimlik ichgan bo'lsa-yu, keyin ichganiga tavba qilmagan bo'lsa, oxiratda tavba qilmoqdan mahrum qilingaydur! - dedilar. HADISLAR HAQIDA Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan bo'lib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan Al-jome' as-sahih, Al-adab al-mufrad, At-ta'rix as-sag'ir, At-ta'rix al-avsot, At-ta'rix al-kabir, Kitob al-ilal, Barr ul-volidayn, Asomi us-sahoba, Kitob al-kuna va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Buyuk allomaning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 840.35 KB
Ko'rishlar soni 788 marta
Ko'chirishlar soni 109 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 840.35 KB
Ko'rishlar soni 788 marta
Ko'chirishlar soni 109 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga