Zarafshon shahar 3-umumta'lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Yodgorova Gulbahor To'xtayevnaning 9-sinfda olib boriladigan Muhammad Rizo Ogahiyning hayoti va ijodi mavzusidagi bir soatlik ochiq dars ishlanmasi Yangiliklar O'tilgan mavzuni takrorlash Diqqat, topshiriq! Alifbodagi harflarning tartib raqamidan foydalangan holda yashiringan so'zni toping. Kalit so'zlar: Inoq qullar+ Jannat+ Parichehra+ Do'zax+ Kema +23=…… Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874) 1-pog'ona Muhammad Rizo Ogahiy- shoir, tarjimon, tarixnavis va jamoat arbobi. U 1809- yili 17- dekabrda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'ida Erniyozbek mirob oilasida tavallud topdi. Shu yerda boshlang'ich ma'lumotni oladi. Yoshligida, 3 yoshida otasi vafot etib, adabiyotimizning yana bir yorqin siymosi bo'lmish amakisi Munisning tarbiyasida bo'ldi. Mirob shoir Muhammad Rizo maktab, keyinchalikmadrasa tahsili davomida arab va fors tillarini, tarix ilmini puxta o'rgandi. 1829- yilda Munis vafot etgach, hukmdor Olloqulixon uning o'rniga Ogahiyni mirob etib tayinlaydi. Mirob - suv ishlari boshqaruvchisi. Bilasizmi? 2-pog'ona. Hayotida tub burilish qachon bo'ldi? 1845- yildan Ogahiy hayotidagi og'ir va musibatli davr boshlanadi. Qizg'in ijtimoiy-siyosiy mehnat bilan mashg'ul bir paytda otdan yiqilib, oyog'i shakarlang (shol) bo'lib qoladi, natijada hali yigit yoshidayoq to'shakka bog'lanib qoladi. Shu dard azobini tortayotgan shoir umr yo'ldoshidan ham ajraladi. 1857-yilda miroblikdan iste'fo berishga majbur bo'ladi. Umrining oxirigacha moddiy muhtoj, g'amgin, kasalmand ahvolda kun kechirgan 3-pog'ona. U qanday asarlar yaratdi? Saroy tarixchisi vazifasini ham olib borayotgan Ogahiy 1839-yilda Munis boshlab qo'ygan Firdavs ul-iqbol (Iqbol bog'i) asarini davom ettirib, Xiva xonligining 1825- yilgacha bo'lgan tarixini yozib tugatdi. 1844- yilda xonlik tarixini shu yilgacha bo'lgan voqealarini o'z ichiga olgan Riyoz ud-davla (Saodat bog'lari) kitobini tamomladi. 1846- yilda Zubdat ul-tavorix (Tarixlar qaymog'i); ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.21 MB
Ko'rishlar soni
720 marta
Ko'chirishlar soni
219 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.21 MB
Ko'rishlar soni
720 marta
Ko'chirishlar soni
219 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: pptx